TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Turkiya bugun Respublika bayramini katta shov - shuv bilan nishonlamoqda
Turkiya Respublikasi bundan 102 yil muqaddam, 1923 – yilning 29 – oktabri kuni tashkil topdi.
Turkiya bugun Respublika bayramini katta shov - shuv bilan nishonlamoqda
_
29 октябр 2025

Turkiya Respublikasining 102 - yilligi katta shov - shuv bilan nishonlayotgan bir paytda Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan oʻz xalqini birdamlik, tinchlik va taraqqiyotga chaqirdi. Erdoʻgʻan mamlakatning «Turkiya asri» loyihasiga muvofiq kuchli va farovon Turkiyani qurishga qat’iy qaror qilganini ta’kidladi.

Prezident Erdoʻgʻan bugun mamlakatdagi va chet eldagi yurtdoshlari hamda Kiprdagi turklar bilan quvonchlarini teng boʻlishgan barcha doʻstlarini tabrikladi. Erdoʻgʻan: «Ushbu faxrli kunda 86 million fuqaromizning har birini, kiprlik turk xalqini va chet elda yashovchi birodarlarimizni chin dildan tabriklayman. Bu tuproqlarni oʻz qoni va joni bilan bizga vatan qilib bergan qahramonlarimizni hurmat bilan yod etaman», - degan ifodalarga oʻrin berdi.

Erdoʻgʻan shuningdek, Respublika asoschisi Mustafa Kamal Ataturk va Ozodlik kurashiga rahbarlik qilgan Turkiya Buyuk Millat Majlisi a’zolarini ham unutmadi.

Kuchli millat, chuqur ildiz otgan an’analar

Prezident Turkiya ham kuchli millat, ham chuqur ildiz otgan an’analarga ega davlat ekanini ta’kidladi va mamlakat birligi bilan mustaqilligini saqlab qolishda qarori qat’iy ekanini oʻz soʻziga ilova etdi.

Erdoʻgʻan oʻzining «Turkiya asri» loyihasi doirasida mudofaa, iqtisodiyot, energetika va diplomatiya kabi barcha sohalarda yutuqlarga erishilganiga e’tibor qaratar ekan ayni vaqtda buyuk, kuchli va farovon Turkiyani qurishda davom etishlarini qayd etdi.

Prezident shuningdek, 2023 - yilning fevral oyidagi yer silkinishida vayron boʻlgan hududlarni qayta tiklash doirasida yil oxiriga qadar nomi tilga olingan voqeadan ziyon koʻrgan yurtdoshlarga 453 000 ta yangi uy topshirishni maqsad qilganini bildirdi.

Turkiyaning tinchlik va barqarorlikka sodiq ekanini yana bir bor tasdiqlagan prezident mamlakat terrorsiz Turkiya rejasi tomon bosqichma - bosqich intilayotgani va Gʻazo bilan Falastin kabi global mojarolarda adolat va insoniylikni himoya qilishda davom etishini oʻz soʻziga ilova etdi.

Erdoʻgʻan: «Birgalikda oʻz mintaqasida yetakchi, dunyoda esa hurmatga sazovor kuch boʻla oluvchi buyuk, kuchli va farovon Turkiyani quramiz», - degan holda Respublikaning 102 – yilligini muborak bot etdi.