DUNYO
1 daqiqa o'qish
G'azoda Isroil hujumlarida halok bo'lganlar soni 73 mingdan oshdi
Sogʻliqni saqlash vazirligi soʻnggi 24 soat ichida 26 nafar falastinlik jarohat olganini maʼlum qildi.
G'azoda Isroil hujumlarida halok bo'lganlar soni 73 mingdan oshdi
2026-yil 26-iyun kuni Isroil zarbasi oqibatida Falastinning G‘azo markazidagi Salohiddin ko‘chasida yonib ketgan avtomobil ko‘rinishi. / AA

Sog‘liqni saqlash vazirligi seshanba kuni ma’lum qilishicha, so‘nggi bir sutka ichida G‘azo sektorida Isroil hujumlari oqibatida yana 8 nafar falastinlik halok bo‘ldi, 26 kishi jarohatlandi.

Vazirlikning hisobotiga ko‘ra, 2023-yil oktyabridan buyon G‘azadagi qurbonlarning umumiy soni 73 ming 66 nafarga, jarohatlanganlar esa 173 ming 514 nafarga yetgan.

Isroil armiyasi 2025-yil oktyabrda e’lon qilingan sulh bitimiga qaramay, hududning turli qismlarini bombardimon qilishda davom etmoqda. Ko‘plab jasadlar vayronalar ostida va yo‘llarda qolib ketgan, tez yordam hamda qutqaruv xizmatlari ularga yetib bora olmayapti.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, aynan sulh buzilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 1 ming 53 nafarga, jarohatlanganlar esa 3 ming 406 nafarga yetdi.

Isroilning harbiy kampaniyasi G‘azo infratuzilmasining qariyb 90 foizini vayron qildi. BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, hududni qayta tiklash uchun taxminan 70 milliard dollar talab etiladi.