DUNYO
1 daqiqa o'qish
Isroil tomonidan Livan - Suriya chegarasida hujum uyushtirildi
Isroil, 2024 - yilning noyabr oyida erishilgan otashkesim kelishuviga qaramay yana hujum uyushtirdi va oqibati to‘rt kishi umriga zomin bo‘ldi.
Isroil tomonidan Livan - Suriya chegarasida hujum uyushtirildi
_
8 соат олдин

Livan rasmiy Milliy axborot agentligi xabariga ko‘ra yakshanba kuni (15.02.2026) oqshomida Isroil tomonidan Livan – Suriya chegarasiga yaqin nuqtada joylashgan Sharqiy Livandagi Majdal Anjar shaharchasida bir avtomobilni nishonga olgan insonsiz havo hujumi uyushtirildi va oqibati kamida to‘rt kishi umriga zomin bo‘ldi.

Agentlikning bildirishicha Isroil insonsiz havo transporti Livan – Suriya chegarasidagi al -Masnaa chegara darvozasi bilan Jadidat Yabus qishlog‘i orasida ketayotgan avtomobilga zarba bergan. Natijada qurbon bo‘lganlar va tan jarohati olganlar qayd etilgan ammo ular soni hozircha noma’lum.

Agentlik yaqin atrofdagi qishloqlarda to‘rt marta kuchli portlash ovozi eshitilganini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.

Bu hujumlar orqali 2024 - yilning noyabr oyida erishilgan otashkesim kelishuvi takror buzildi.

Isroil, 2023 - yilning oktabr oyida boshlangan so‘nggi urush davomida egallab olgan Livanning beshta tepaligi bilan o‘nlab yillar oldin nazorat ostiga olgan Livanning boshqa hududlarini haligacha ishg‘ol etishni davom etmoqda.

Isroil hujumlari Livanda 4 ming nafardan ortiq insonning halok bo‘lishiga, 17 ming nafar insonning esa tan jarohati olishiga sabab bo‘ldi.