G‘azodagi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan yozma ravishda berilgan bayonotda Isroilning 2023 - yil oktabr oyidan buyon G‘azoga qarshi uyushtirgan hujumlari oqibatidagi qurbonlar bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlar e’lon qilindi.
Ta’kidlanishicha, o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga qaramay, Isroil hujumlari davom etayotgan G‘azoda so‘nggi 24 soat ichida 6 kishi halok bo‘lgan. Ularning bir nafari avvalgi hujumlarda olgan jarohatlari tufayli vafot etgan. Yana 13 kishi yaralangan.
Yaradorlar soni 174 509 nafarga yetdi
G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi 2025 - yilning 10 - oktabrida kuchga kirganidan buyon Isroil hujumlari oqibatida 1 326 kishi halok bo‘lgani, 4 398 kishi yaralangani, vayronalar ostidan esa 815 kishining jasadi olib chiqilgani bildirildi.
Isroilning 2023 - yil oktabr oyidan buyon G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlari oqibatida jami halok bo‘lganlar soni 73 462 nafarga, yaradorlar soni esa 174 509 nafarga yetgani ma’lum qilindi.
G‘azo sektorida vayronalar ostida hanuz minglab jasadlar qolib ketgani aytilmoqda.



















