Falastin qarshilik harakati Hamas, G‘azoning janubida joylashgan Rafoh shahridagi to‘qnashuvlarning mas’uliyatini Isroil zimmasiga yukladi.
Qassam brigadalari mavzu haqida yakshanba kuni (09.11.2025) bergan bayonotida Isroilni nazarda tutgan holda, «Ishg‘olchi Isroil nazoratidagi hududda o‘zini himoya qilayotgan Rafohdagi jangchilarimiz bilan yuz bergan to‘qnashuvlarning mas’uliyatini to‘liq zimmasiga olmoqda», - dedi.
Hamas, o‘rtamchilardan, otashkesim kelishuvining yo‘lga qo‘yilishi va Isroilning tinch aholini nishonga olayotgani haqidagi iddaolarini rad etish majburiyatlarini bajarishni talab qildi.
Misrning Al Qahera News nashriga ko‘ra nomi tilga olingan ogohlantirish, o‘rtamchilarning muammoni hal qilish sa’y - harakatlariga qaramay Isroilning Rafohda chorasiz qolgan Hamas jangchilarining mintaqadan chiqib ketishiga haligacha ruxsat bermasligi ortidan qayd etildi.
Guruh: «Taslim bo‘lish yoki o‘zini - o‘zi taslim qilish tushunchasi Qassam brigadalari lug‘atida yo‘qdir, dushman shuni yaxshi bilishi zarur», - dedi.
Taxminlarga ko‘ra Rafohda, Isroil nazoratidagi hududlarda qariyb 200 nafar Hamas jangchisi qamalib qolgan. Falastin guruhi, o‘rtamchilardan, ular uchun xavfsiz yo‘l topib berishini talab qildi.
Isroilning Haaretz gazetasining xabar berishicha, Binyamin Netanyaxu dushanba kuni 200 nafar Hamas a’zosining xavfsiz ravishda chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymasligini qayd etdi.
Hamas halok bo‘lgan isroillik askarning jasadini qaytarib beradi
Isroil Bosh shtabi boshlig‘i Eyal Zamir seshanba kuni bergan bayonotida, halok bo‘lgan isroillik askar Hadar Goldinning jasadi evaziga Hamas a’zolarining ozod etilishini ifoda etar ekan; payshanba kuni xavfsizlik masalasi ustidan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda esa bu borada Hamas bilan hech qanday kelishuv tuzilmasligini qayd etdi.
Yakshanba kuni Hamas, G‘azodagi otashkesim doirasida bugun tushdan keyin isroillik bir askarning jasadini qaytarib berishini e’lon qildi.
Qassam brigadalari mavzu haqida bergan bayonotida, Hadar Goldinning jasadi mahalliy vaqt bilan soat 14:00 da (12:00 GMT) topshirilishini bildirdi.
Bayonotda, Goldinning jasadi shanba kuni janubiy Rafoh shahridagi Yebna lageridagi tunneldan topilganini ta’kidlangan.
Goldin, 2014 - yili Isroilning G‘azodagi amaliyoti paytida Falastin qarshilik harakati jangchilari tomonidan qo‘lga olingan.
Hamas otashkesim kuchga kirganidan beri isroillik 20 nafar mahbusni tiriklayin; ko‘pchiligi isroillik, jami 28 kishidan 25 nafarining esa jasadini o‘z egalariga topshirdi.
Isroil esa, topshirilgan jasadlardan birining ro‘yhatlarga kiritilgan mahbuslarga mos kelmasligini iddao etdi.

















