DUNYO
1 daqiqa o'qish
AQSh Suriya’dan Iroqqa DEASh mahbuslarini ko‘chirishni boshladi
AQSh Markaziy Qo‘mondonligi — CENTCOM — yakuniy hisobda taxminan 7 ming nafar DEASh mahbusi Suriya hududidan Iroq nazoratidagi muassasalarga ko‘chirilishi mumkinligini ma’lum qildi.
AQSh Suriya’dan Iroqqa DEASh mahbuslarini ko‘chirishni boshladi
2026-yil 20-yanvar. Al Shaddadi qamoqxonasi dron nigohida. Suriya armiyasi nazoratni qo'lga olishidan avval Daesh mahbuslari qochib ketgan, YPG mahbuslarni ozod qilgani iddao qilinmoqda. / Reuters
22 январ 2026

Chorshanba kuni berilgan bayonotda aytilishicha, AQSh kuchlari Haseka viloyatining shimoli-sharqidagi hibsxonalardan birida saqlanayotgan 150 nafar DEASh terrorchisini Iroqdagi xavfsiz joyga muvaffaqiyatli tarzda ko‘chirgach, operatsiya boshlangan. Bayonotda: “Oxir-oqibatda taxminan 7 ming nafar DEASh mahbusi Suriya’dan Iroq nazoratidagi obyektlarga ko‘chirilishi mumkin,” degan jumlaga o‘rin berildi.

CENTCOM qo‘mondoni, admiral Brad Cooper, AQSh Iroqni ham o‘z ichiga olgan mintaqaviy hamkorlar bilan “yaqin” muvofiqlashtirish asosida ish olib borayotganini va DEAShni tor-mor etishdagi ularning rolini yuqori baholashini aytdi. Cooperning ta’kidlashicha, “DEASh mahbuslarining tartibli va xavfsiz tarzda ko‘chirilishini ta’minlash — ham AQSh, ham mintaqa xavfsizligi uchun bevosita tahdid bo‘ladigan qochishlarning oldini olish nuqtai nazaridan muhimdir.”

Bu qadam, AQShning Turkiyadagi elchisi Tom Barrack Vashingtonning Suriyadagi ustuvor yo‘nalishlari endilikda “kelishuvni qo‘llab-quvvatlash, milliy birlik va barqarorlikni ilgari surish”ga qaratilganini aytganidan bir kun o‘tib e’lon qilindi. Barrack AQSh ajralib chiqish g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlamasligini aniq ta’kidlab, shunday dedi: “Vashingtonning ustuvorliklari — ajralib chiqish yoki federalizmni tasdiqlamasdan, kelishuvni qo‘llab-quvvatlash va milliy birlikni mustahkamlashdan iborat.”