SIYOSAT
1 daqiqa o'qish
Zelenskiy: Yevropa ittifoqining to‘laqonli a’zosi bo‘lishga haqlimiz
Vladimir Zelenskiy, Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Leyen bilan qo‘shma matbuot anjumani uyushtirdi.
Zelenskiy: Yevropa ittifoqining to‘laqonli a’zosi bo‘lishga haqlimiz
_

Vladimir Zelenskiy, «Ukraina Janubi - sharqiy Yevropa sammiti»da ishtirok etish uchun Ukrainaga tashrif uyushtirgan Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Leyen bilan qo‘shma matbuot anjumani uyushtirdi.

Zelenskiy 2022 - yilning fevral oyida Rossiya – Ukraina urushi boshlanganidan buyon Ukrainaga ko‘rsatib kelayotgan yordami uchun Yevropa ittifoqiga minnatdorchilik bildirib, siyosiy va mudofaa sohasidagi ko‘mak mamlakati uchun muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

U, shuningdek, Ukrainaning Yevropa ittifoqiga integratsiyalashuv jarayoniga ham to‘xtalgan holda mavzu haqida: «Bugun Yevropadagi barcha bu borada hamfikr. Biz Yevropa ittifoqining to‘laqonli a’zosi bo‘lishga haqlimiz» - dedi.

Zelenskiy Yevropa ittifoqidan Rossiyaga qarshi 21 - sanksiyalar paketini tasdiqlashni kutayotganliklarini bildirib, quyidagicha fikr bildirdi: «Birgalikdagi bosim, Yevropa va AQSh bilan hamkorligimiz hamda xalqimizning matonati tufayli albatta tinchlikka erishishimizga ishonaman. Birgalikda, jamu - jam va kuchli Yevropada tinch - totuv hayot kechiramiz».