TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Shahid bo‘lgan askarlarning tanalari Turkiyaga olib kelindi
Shahid bo‘lgan turk askarlarining tanalari kecha Turkiyaga olib kelindi.
Shahid bo‘lgan askarlarning tanalari Turkiyaga olib kelindi
_
14 ноябр 2025

Seshanba, yani 11 – noyabr kuni Gruziya - Ozarbayjon chegarasida halokatga uchragan yuk tashuvchi turk harbiy samolyotida shahid bo‘lgan turk askarlarining tanalari kecha Turkiyaga olib kelindi.

Sud - tibbiy ekspertizalar yakunlanishi ortidan Turk Qurolli kuchlarining A400M rusumidagi samolyoti shahidlarning tanalarini Gruziya poytaxti Tbilisidan Anqaradagi Murted aviabazasiga olib keldi.

Samolyot qo‘nishi ortidan shahidlarning tanalari tez yordam mashinalari orqali Sud - tibbiyot institutiga olib borildi.

Eslatib o‘tamiz:

Turk Qurolli kuchlarining C - 130 rusumidagi yuk tashuvchi harbiy samolyoti Ozarbayjondan Turkiyaga qaytayotganida halokatga uchragandi.

Milliy Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra uning bortida 20 kishi, jumladan, uchish ekipaji bor edi.