Suriya armiyasi payshanba kuni bergan bayonotida, al - Tanf nomli muhim harbiy bazani o‘z nazoratiga olganini ma’lum qildi. Ushbu baza Iroq va Iordaniya chegaralari kesishgan strategik nuqtada joylashgan bo‘lib, qariyb o‘n yildan beri AQSh harbiylari tomonidan foydalanilayotgan edi.
Suriya rasmiylariga ko‘ra bazada joylashgan taxminan 200 nafar AQSh askari 22 km uzoqlikdagi qo‘shni Iordaniyadagi AQShning Tower 22 obyektiga ko‘chirildi.
AQSh askarlari bu bazadan asosan DEASh va Eron tomonidan qo‘llab - quvvatlangan guruhlar tahdidiga qarshi kurashish, shuningdek Iordaniya chegarasi bilan Firot daryosi bo‘ylab faoliyatni kuzatish uchun foydalangan.
Al - Tanf, Eronning Iroqdan Suriyaga jangchilar va qurol yetkazish uchun eng qisqa quruqlik yo‘li hisoblangan yo‘nalishda joylashgan.
Evakuatsiya Prezident Sharaning shimoli - sharqiy Suriyada YPG nazoratini qo‘lga olishga urinayotgan va AQShning mamlakatdagi keng ko‘lamli harbiy o‘rni Vashingtonda tobora ortib borayotgani muhokama qilinayotgan bir paytda yuz berdi.
Yanvar oyi oxirida The Wall Street Journal YPG/SDG kuchlari parchalanishi ortidan AQSh Suriyadan “to‘liq chiqish” variantini ko‘rib chiqayotgani haqida yozgan edi.
Xabarda 2024 - yilning dekabr oyida Bashar al - Asad rejimi qulagach, kuchlar muvozanatidagi katta o‘zgarishlar Pentagonni AQSh missiyasining barqarorligini qayta ko‘rib chiqishga undagani ta’kidlangan.
Rasmiylar, YPG to‘liq tarqalsa, AQSh askarlarini Suriyada saqlab qolish uchun hech qanday sabab qolmasligini bildirdi.
So‘nggi evakuatsiyalardan oldin mamlakatda taxminan 1 500 nafar AQSh askari borligi taxmin qilinardi.
To‘liq chiqish qarori Barack Obama davrida Suriya ichki urushi chog‘ida DEAShga qarshi kurash sababi bilan boshlandi va 12 yildan beri davom etayotgan AQShning missiyasini yakunlashi mumkin.
Atlantic Council tahlilchisi O‘mer O‘zkiziljik to‘liq chiqish ehtimoli ortib borayotganini ifoda etish bilan birga, kelajakdagi tartib hali aniq emasligini ta’kidladi.
U TRT Worldga bergan intervyusida bu AQSh Suriyaning boshqa hududlarida yangi bazalar ochmaydi degani emasligiga e’tibor qaratdi.












