TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘an Isroilning davlat terrorini qoraladi
Prezident Erdo‘g‘an Isroilning davlat terrorini qoralab, Falastinni qo‘llab - quvvatlashga va'da berdi.
Erdo‘g‘an Isroilning davlat terrorini qoraladi
16 сентябр 2025

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Isroilning G‘azo, Suriya, Livan, Yaman va Eronga qarshi uyushtirgan jinoyatlari ortidan Dohadagi muzoka guruhini ham nishonga olgan hujumini «qo‘rqoqlardek hujum qildi» degan so‘zlar bilan baholadi. Xalqaro tizim va qonunlarni esa ochiq - oydin paymol qilinganini ta’kidladi.

«Bu hujum Isroilning bosqinchi va terrorchi mentaliteti qay darajada ekanini yana bir bor yaqqol nmoyon etdi», - degan Erdo‘g‘an seshanba kuni Dohadagi favqulodda arab - islom sammitidan qaytar chog‘ida jurnalistlarga bayonot berdi.

Prezident, Turkiya, Qatar va Falastin xalqining yonida ekanini ta’kidlab; halok bo‘lganlarga rahmat tilar ekan, jarohat olganlarga esa shifo tiladi.

Erdo‘g‘an, navbatdan tashqari sammit Isroil tajovuziga qarshi islom olamining mushtarak irodasini namoyish etganini o‘z so‘ziga ilova etdi. Uning taʼkidlashicha, liderlar qoʻshimcha diplomatik va iqtisodiy choralar, jumladan, Tel - Aviv bilan bo‘lgan munosabatlarini qayta koʻrib chiqishga kelishib olgan.

Erdo‘g‘an, yakuniy bayonotda, Isroilning tajovuzkor munosabati nafaqat Falastinni balki butun musulmon davlatlarni nishonga olganini ta’kidlagan holda Isroil harakatlarini to‘xtatish uchun har qanday qonuniy va samarali choralar ko‘rishga chaqirdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining Nyu - York deklaratsiyasi 142 ovoz bilan qabul qilinganini olqishlagan Erdo‘g‘an, buni, ikki davlat asosidagi yechim yo‘lida davom etgan diplomatik harakatlarda burilish nuqtasi sifatida baholadi.

Erdo‘g‘an: «Bu Isroilning tobora yakkalanib borayotgani va Turkiya pozitsiyasi global koʻpchilikning umumiy irodasiga aylanganini isbotlaydi», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Yaroqsiz senariylar

Mintaqaviy tarangliklarga to‘xtalgan Erdo‘g‘an, va’da qilingan tuproqlar niqobi ostida chegaralarning qayta chizilishi haqidagi yaroqsiz senariylarni rad etdi. Prezidentning ta’kidlashicha, bunday da’volar qonuniy asosga ega emas va qonuniylikdan ancha uzoqdir. U, faqatgina Isroilning radikal va fashistik mafkurasi kun tartibiga xizmat qiladi.

Isroil hukumati radikal mafkurani musulmonlar, nasroniylar va yahudiylar uchun xavf tug‘diruvchi qotillik tarmog‘iga aylantirganini ifoda etgan Erdo‘g‘an islom olamini ilm, donolik, hamkorlik va birdamlik bilan javob berishga chaqirdi.

«Isroil genotsidlariga qarshi chiqqan yahudiylarni tinglaganingizda, sionizm qanday xavfli mafkura ekanini yaqqol ko‘rasiz. Agar sionist Isroil nima bilandir qiyoslanishi kerak bo‘lsa, unda u terrorizm va fashizmdir», - degan Erdo‘g‘an Anqara Falastin da’vosining bayroqdori bo‘lishda davom etishini yana bir bor ta’kidladi. Turkiyaning asosiy maqsadi butun mintaqada tinchlik, adolat va inson qadr - qimmati hukm surishi ekaniga alohida e’tibor qaratdi.