DUNYO
1 daqiqa o'qish
NATO samolyotlarini havoga ko‘targan “tahdid” dron emas, qushlar galasi bo‘lib chiqdi
Litva havo hududida ehtimoliy uchuvchisiz uchish apparati tahdidi tufayli NATO qiruvchi samolyotlari havoga ko‘tarildi. Biroq radarlar aniqlagan obyekt qushlar galasi bo‘lib chiqdi.
NATO samolyotlarini havoga ko‘targan “tahdid” dron emas, qushlar galasi bo‘lib chiqdi
(ARXIV) Litvaniyada NATO samolyotlarini havoga koʻtargan "tahdid" dron emas, qushlar galasi boʻlib chiqdi

Litva matbuotidagi xabarlarga ko‘ra, Litva Milliy inqirozlarni boshqarish markazi kecha mahalliy vaqt bilan soat 12.56 da mamlakat havo hududida noma’lum obyekt aniqlangani haqida signal olinganini ma’lum qildi. Poytaxt Vilnyus va uning atrofida soat 12.59 da ehtimoliy havo tahdidi sababli sariq ogohlantirish e’lon qilindi.

Radar qaydlarida dron deb taxmin qilingan obyektni tekshirish maqsadida mamlakatda xizmat qilayotgan NATO qiruvchi samolyotlari havoga ko‘tarildi.

Tekshiruv natijasida radarlar aniqlagan obyekt dron emas, balki qushlar galasi ekani ma’lum bo‘ldi.

Markaz dastlabki radar tasvirlarida qushlar galasi va dronlar o‘xshash iz qoldirishi mumkinligini bildirdi.

Taxminan 40 daqiqa davom etgan havo trevogasi bekor qilindi. Vaqtincha yopilgan Vilnyus aeroportida parvozlar ham qayta tiklandi.