DUNYO
2 daqiqa o'qish
Xitoy AQShdan “teng muloqot” talab qildi
Pekin va Vashington o'rtasidagi taranglik so'nggi haftalarda yanada kuchaydi, chunki Pekin nodir yer metallari sektori bo'yicha keng qamrovli cheklovlarni joriy etdi.
Xitoy AQShdan “teng muloqot” talab qildi
China urges 'equal dialogue' with US as Apple's Cook visits / AP
17 октябр 2025

Pekin va Vashington o‘rtasidagi taranglik so‘nggi haftalarda yanada kuchaydi, chunki Xitoy nodir yer metallariga oid keng qamrovli eksport cheklovlarini joriy etdi.

Xitoy AQSh bilan davom etayotgan savdo urushi fonida “tenglik asosidagi muloqot”ni yo‘lga qo‘yishga chaqirdi. Shu paytda Apple kompaniyasi rahbari Tim Kuk Xitoyga tashrif buyurdi.

O‘tgan hafta Pekin nodir yer metallarini eksport qilishga keng qamrovli cheklovlar kiritganini e’lon qildi. Javoban, AQSh Prezidenti Donald Tramp 1-noyabrdan kuchga kiradigan 100 foizlik tariflarni joriy etishini bildirdi. Biroq, Xitoy rahbari Si Szinpin bilan bo‘lishi mumkin bo‘lgan uchrashuv bu keskinlikni yumshatish uchun imkoniyat yaratishi mumkin.

Apple uchun muhim bozor va ishlab chiqarish markazi bo‘lgan Xitoyga muntazam tashrif buyuradigan Tim Kuk payshanba kuni Xitoy Savdo vaziri Van Vento bilan uchrashdi, deyiladi rasmiy bayonotda.

Uchrashuv davomida Van Pekin va Vashingtonni “muammolarni tenglik asosidagi muloqot va maslahatlashuv orqali hal qilishga” chaqirdi. Shuningdek, Van Apple’ning Xitoyga “sarmoyalarni oshirishini” mamnuniyat bilan qabul qilganini ta’kidladi.

Savdo vazirligi bayonotiga ko‘ra, Kuk Xitoy va AQSh o‘rtasidagi yaxshi iqtisodiy aloqalarni “katta ahamiyatga ega” deb hisoblashini aytgan.

Apple rahbari, shuningdek, Xitoyning bosh savdo muzokarachisi, vitse-premyer Xe Lifeng bilan ham uchrashgan, deb xabar berdi davlat axborot agentligi “Xinhua”.

Tsinghua Universiteti Iqtisodiyot va Menejment maktabi maslahat kengashida so‘zlagan nutqida Tim Kuk Xitoyning “dunyo mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyor” ekanligini ta’kidlagan, deya xabar beradi “Xinhua”.

Blackstone kompaniyasi bosh direktori Stiven A. Shvartsman ham shu kunlarda Pekinda bo‘lib, Tashqi ishlar vaziri Van Yi bilan uchrashgan.

Van Yi Shvartsman bilan uchrashuvda “Xitoy-AQSh munosabatlari bugungi kunda dunyodagi eng muhim ikki tomonlama munosabatlardir” dedi. “Ajralish yoki aloqalarni uzish real yoki mantiqan to‘g‘ri tanlov emas, qarama-qarshilik esa ikkala tomonga ham zarar keltiradi”, deya qo‘shimcha qildi.

Bayonotga ko‘ra, Shvartsman ikki tomon “noto‘g‘ri tushunchalarni bartaraf etishiga” umid bildirgan.