TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘an: Mintaqada davom etayotgan urushlar Yevropani zaiflashtira boshladi
Prezident Erdo‘g‘an kecha Germaniya Prezidenti Frank - Valter Shtaynmayer bilan telefon orqali muloqot qilar ekan, unda, mintaqada davom etayotgan urushlar Yevropani zaiflashtira boshlaganini ifoda etdi.
Erdo‘g‘an: Mintaqada davom etayotgan urushlar Yevropani zaiflashtira boshladi
_

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Germaniya Prezidenti Frank - Valter Shtaynmayerga mintaqada davom etayotgan urushlar Yevropani zaiflashtira boshlaganini aytib, agar tinchlikka yo‘naltirilgan diplomatiya olib borilmasa unda yanada katta ziyonlar yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra ikki yetakchi chorshanba kuni (22.04.2026) Turkiya – Germaniya munosabatlari bilan birga mintaqaviy va global voqealarni muhokama qilish uchun telefon orqali suhbatlashdi.

Prezident Erdo‘g‘an Anqara va Berlin o‘rtasidagi aloqalar so‘nggi oylarda ikki mamlakat o‘rtasida amalga oshirilgan yuqori darajadali uchrashuvlar tufayli kuchli sur’at olganini ta’kidladi.

U har ikki davlat ham ortib borayotgan geosiyosiy va iqtisodiy sinovlarga duch kelayotgan bir davrda, ushbu ijobiy yo‘nalishni saqlab qolish va yanada mustahkamlash muhim ekanini qayd etdi.

Prezident Erdo‘g‘an keskinlashuv o‘rniga diplomatiyaga chaqirdi

Telefon orqali bo‘lib o‘tgan suhbatida Prezident Erdo‘g‘an, mintaqani qamrab olgan urushlar endi faqat o‘z hududi bilan cheklanib qolmay; Yevropaning barqarorligi va kuchiga bevosita ta’sir qila boshlaganini bildirdi.

U bu jarayonga tinchlikka yo‘naltirilgan yondashuv bilan aralashilmasa, davom etayotgan mojarolarning uzoq muddatli oqibatlari yanada og‘ir bo‘lishini ta’kidladi.

Prezident Erdo‘g‘an yirik xalqaro inqirozlarni hal qilishda diplomatiya asosiy yo‘l bo‘lib qolayotganini yana bir bor urg‘uladi.

U Turkiya ham Eron bilan bog‘liq keskinlikni, hamda Rossiya – Ukraina urushini barqaror tinchlikni ta’minlaydigan muzokaralar orqali yakunlash uchun faol harakat qilayotganini bildirdi.

Prezident Erdo‘g‘an Turkiya Eron masalasida muloqotga chaqirayotganidek, Moskva va Kiyev o‘rtasida ham urushni tinch yo‘l bilan yakunlash uchun muzokaralarni qayta boshlashni qo‘llab - quvvatlayotganini qayd etdi.

Turkiya mintaqaviy mojarolarda vositachilik rolini o‘z zimmasiga olib, barcha tomonlar bilan diplomatik kanallarni ochiq saqlash va uzoq davom etadigan harbiy keskinlashuv o‘rniga muzokara orqali yechim topishga chaqirishni davom ettirmoqda.

Uchrashuv Anqaraning bir tomondan muhim yevropalik hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash, boshqa tomondan esa dunyodagi eng xavfli inqirozlardan ayrimlarida diplomatik rolini kengaytirishga intilayotganidan xabar bermoqda.