Eron Prezidenti Mes’ud Pezeshkiyon dushanba kuni qilgan bayonotida urush hech kimning manfaatiga xizmat qilmasligini ta’kidlab, keskinlikni kamaytirish uchun «barcha ratsional va diplomatik yo‘llardan» foydalanishga chaqirdi.
Eron davlat axborot agentligi IRNA xabariga ko‘ra Pezeshkiyon: «Tahdidlarga qarshi turar ekanmiz, keskinlikni kamaytirish uchun barcha ratsional va diplomatik vositalardan foydalanish zarur. Shu bilan birga, dushmanga nisbatan ishonchsizlik va aloqalarda hushyorlik inkor etib bo‘lmaydigan zaruratdir» - dedi.
Shuningdek, Eron Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Ismoil Bakoyiy, Eron, AQSh bilan yana bir muzokara bosqichini o‘tkazishni rejalashtirmayotganini bildirdi.
Ismoil Bakoyiy yarim rasmiy Tasnim axborot agentligi e’lon qilgan bayonotida mavzu haqida: «Eron milliy manfaatlarini himoya qilish uchun hech qanday muddat yoki ultimatumni qabul qilmaydi. Milliy manfaatlarni himoya qilish zarur bo‘lgan muddat davomida davom etadi va agar AQSh yoki Isroil rejimi yangi sarguzashtkorona qadamlar tashlasa, qurolli kuchlar to‘liq quvvat va qat’iyat bilan javob beradi» - degan ifodalarga ovrin berdi.
Bu bayonotlar vositachilik jarayonidan xabardor bo‘lgan ikki nafar pokistonlik manba Anado‘lu axborot agentligiga (AA) Eron delegatsiyasi AQSh bilan muzokaralarning ikkinchi bosqichida ishtirok etishini bildirishi ortidan qayd etildi.
Tehron va Vashington ilk muzokaralarni Pokiston poytaxti Islomobodda o‘tkazgan edi va ular 12 - aprel kuni hech qanday kelishuvsiz yakunlangan.
Tomonlar shuningdek, Pokiston o‘rtamchiligida 8 - aprel kuni ikki haftalik o‘t ochishni to‘xtatish rejimini e’lon qilgandi. Bu sulh fevral oxirida AQSh va Isroilning Eron hududiga hujumlari bilan boshlangan va haftalar davom etgan to‘qnashuvlardan so‘ng joriy etilgan.
Eron, joriy yilning 28 - fevraldagi hujumlarga javob tariqasida Isroil hamda AQSh obyektlarini o‘z ichiga olgan yoki ularga mezbonlik qilayotgan boshqa mintaqa davlatlariga zarbalar berdi.












