DUNYO
1 daqiqa o'qish
Aroqchi Isroilning Tehronni nishonga olgan hujumlariga e'tibor qaratdi
Abbos Aroqchi Isroilning Tehronni nishonga olgan hujumlariga e'tibor qaratib, uni, xalqaro huquq paymoli sifatida baholadi.
Aroqchi Isroilning Tehronni nishonga olgan hujumlariga e'tibor qaratdi
_
11 соат олдин

Eron Tashqi Ishlar vaziri Abbos Aroqchi, Isroil tomonidan Eron poytaxti Tehrondagi yonilgi omborlarining oqqa tutilishi xalqaro huquq qoidalarini buzib, ekologik yiqim paydo qilishini bildirdi.

Aroqchi mavzu haqida dushanba kuni bergan bayonotida: "Mintaqa aholisining sog‘ligi va rafohi anchagacha katta ziyon ko‘rishi mumkin. Chunki tuproq va yerosti suvlari ifloslanishining salbiy ta’siri uzoq yillargacha davom etadi”, - dedi.

U shuningdek Isroilni "urush jinoyatlari uchun" jazolashni talab qildi.

Yaqin Sharq inqirozi Isroil bilan AQShning 28 - fevral kuni Eronga qarshi birgalikda hujum uyushtira boshlashi bilan keskin tus oldi.

Unda, 1 ming 300 nafardan ortiq inson halok bo‘ldi. Qurbonlar orasida 150 nafardan ortiq o‘quvchi qiz bilan mamlakatning sobiq diniy lideri Ali Hamaney ham bor edi. Halok bo‘lganlardan tashqari 10 ming nafardan ortiq inson halok bo‘ldi.

Tehron AQSh bilan Isroil hujumlariga qattiq javob qaytardi. Shu doirada Isroil, Iordaniya, Iroq va AQSh harbiy salohiyatiga ega Fors koʻrfazi mamlakatlarini nishonga oldi. Voqea boshlaganidan beri sakkiz nafar AQSh askari halok boʻldi.