Turkiya bugun (19.10.2025) Qatar poytaxti Doxada o‘tkazilgan va Turkiya bilan Qatar o‘rtamchiligida Afg‘oniston bilan Pokiston o‘rtasida kelishib olingan otashkesimdan xursand ekanini qayd etdi.
Turkiya Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Islomobod va Kobulning ikki davlat o‘rtasida barqarorlik va tinchlikni mustahkamlash uchun mexanizmlar yaratish qarorini ham olqishlandi.
Bayonotda: «Turkiya ikki qardosh davlat va mintaqada butunlay tinchlik o‘rnatib, barqarorlikka erishish yo‘lidagi sa’y - harakatlarni qo‘llab - quvvatlashda davom etadi», - degan ifodalarga o‘rin berildi.
Vazirlik, shuningdek, Qatarni muzokaralarni o‘tkazish va ularga ko‘maklashishdagi roli uchun maqtadi.
Bugun ertalab Pokiston bilan Afg‘oniston zudlik bilan otashkesim ustida kelishib olganini tasdiqladi.
Chegara keskinliklari Pokistonning juma kuni kechqurun Afg‘onistonning Paktika viloyatida amalga oshirgan va Kobul tinch aholisidan bir necha kishi umriga zomin bo‘lgani aytilgan havo hujumlari ortidan avj olgandi.
Xuddi shu paytda ikki tomon rasmiylari Doxada muzokaralar olib borayotgan edi.


























