TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Kurtulmush Suriyadagi oxirgi vaziyatga to‘xtaldi
Numan Kurtulmush, Suriyaning hududiy yaxlitligi va milliy mustaqilligining ahamiyatiga e'tibor qaratdi.
Kurtulmush Suriyadagi oxirgi vaziyatga to‘xtaldi
_
10 соат олдин

Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Numan Kurtulmush Suriyaning hududiy yaxlitligi va milliy mustaqilligi muqaddas va ajralmas butun ekanini ta’kidladi.

Numan Kurtulmush seshanba kuni bergan bayonotida, ishtirokchilikka asoslangan tuzum, jamiyatning barcha qatlamlarini o‘z ichiga olgan adolatli vakillik hamda demokratik Suriyaning mintaqaviy sug‘urtasi bo‘lishini qayd etdi.

Kurtulmushning fikricha, Turkiya, Suriyada integratsiya jarayonida tashlanayotgan qat’iy qadamlarni yaqindan kuzatib bormoqda va erishilgan bosqichni ijobiy baholamoqda.

U, Suriya hukumati bilan YPG terror tashkiloti o‘rtasida 2025 - yilning 10 - marti kuni imzolangan memorandum hamda 30 - yanvar kelishuvi bandlariga to‘liq rioya etilishi Suriyaga osoyishtalik, mintaqaga esa barqarorlik olib kelishini ta’kidlab, “Majburiyatlar hayotga tatbiq etilgani sayin haqiqiy tinchlik qaror topadi”, - dedi.

Erishilgan kelishuvning harbiy va ma’muriy jihatdan bosqichma - bosqich integratsiyani ko‘zda tutishi mintaqa tinchligi uchun “qimmatli imkoniyat” ekaniga e’tibor qaratgan Kurtulmush, bu uyg‘unlashuv Suriyaning davlat salohiyatini oshirib, yangi xavfsizlik me’morchiligiga yo‘l ochishini bildirdi.

Kurtulmush hech bir shaxsning kimligi, e’tiqodi va ko‘z qarashlarini kamsitmay, har bir Suriya fuqarosining siyosiy tizimda munosib va xavfsiz o‘rni ta’minlanishi lozimligini ta’kidlagan holda parchalanganlik, tarqoqlik, vakillik tuzilmalari va amaliy bo‘linishlar hech kimga osoyishtalik keltirmasligini qayd etdi.

Suriya — suriyaliklarniki”, - degan Kurtulmush, Turkiya Suriyaning qayta tiklanishida, davlat institutlarini mustahkamlashda, chegara xavfsizligini ta’minlash va terrorizmga qarshi kurashda o‘z zimmasiga tushgan har qanday yordamni ko‘rsatishga tayyor ekanini yana bir bor ta’kidladi.