Sergey Sobyanin Ukraina tomonidan uyushtirilgan keng ko‘lamli insonsiz havo transporti hujumini qaytarishga urinayotganliklari ammo lekin ayrim insonsiz havo transportlari neftni qayta ishlash zavodiga yetib borganini ma’lum qildi.
So‘nggi oylarda Kiyev Rossiyaga qarshi hujumlarini kuchaytirdi. Ukraina Rossiyaning urush harakatlarini moliyalashtirayotgan muhim qazilma yoqilg‘i daromadlarini kamaytirish maqsadida muntazam ravishda neftni qayta ishlash korxonalari va eksport markazlarini nishonga olmoqda.
Sobyanin mavzu haqida Telegram orqali bergan bayonotida shunday dedi: «Havo hujumidan mudofaa kuchlari keng ko‘lamli hujumni qaytarishda davom etmoqda. Bir nechta insonsiz havo transporti MNPZga yetib borishga muvaffaq bo‘ldi».
MNPZ — Rossiya poytaxti Moskvadagi yirik neftni qayta ishlash zavodidir.
Shahar meri zavod ziyon ko‘rib - ko‘rmaganiga aniqlik kiritmagan holda, «oqibatlarni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda» - dedi.
Sobyaninning ma’lum qilishicha, ertalab soat 07:00 dan sal oldin (04:00 GMT) Rossiya havo mudofaasi tizimlari tun davomida 43 ta insonsiz havo transportini yo‘q qilgan.
Seshanba kuni amalga oshirilgan Ukraina insonsiz havo transporti hujumi Moskva yaqinidagi yirik neftni qayta ishlash zavodida yong‘in keltirib chiqarishga va ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lgan edi.
Payshanba kuni aynan shu zavod yana nishonga olinib - olinmagani hozircha noma’lum.
Urush 2022 - yilda boshlanganidan buyon Rossiya deyarli har kuni insonsiz havo transportlari va raketalar yordamida Ukrainaga qarshi havo hujumlari uyushtirib kelmoqda. Yaqin Sharqdagi urush tufayli esa Vashington boshchiligidagi mojaroni tugatishga qaratilgan diplomatik sa’y-harakatlar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan.







