TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘an mamlakatning demografik inqiroz xavfiga e’tibor qaratdi
Prezident Erdo‘g‘an Oila va madaniyat – san’at simpoziumida mamlakatning demografik inqiroz xavfiga alohida e’tibor qaratdi.
Erdo‘g‘an mamlakatning demografik inqiroz xavfiga e’tibor qaratdi
_
21 ноябр 2025

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an payshanba kuni (20.11.2025) Anqarada uyushtirilgan Oila va madaniyat – san’at simpoziumida oilalar duch kelayotgan muammolariga to‘xtaldi.

Erdo‘g‘an: «Gender neytrallik kabi bosimlar va LGBT kabi buzuq oqimlarga qarshi zarur barcha choralarni ko‘ryapmiz. Bu borada eng kichik bir yon bosishga ham, e’tiborsizlikka ham, loqaydlikka ham yo‘l qo‘ymaymiz», - dedi.

Prezident shuningdek: «Global kapitalizm yangi jabhalar ochayotgan, madaniy imperializm va raqamli qamal butun dunyoda kuchayib borayotgan bir paytda oila degan tushunchaga alohida e’tibor beryapmiz», - dedi.

Erdo‘g‘an mamlakatning umumiy tug‘ilish koeffitsienti o‘tgan yili 1,48 ga tushganini ko‘rsatgan rasmiy ma’lumotlarni nazarda tutgan holda, demografik inqiroz xavfi haqida ogohlantirdi va mavzu haqida: «Hozirda, bir falokat eshigidamiz», - dedi.

Erdo‘g‘an: «Kelajagimiz nuqtai nazaridan olib qaraganda katta muammo olida ekanimiz ma’lum. Bu mamlakatning istiqbolini o‘ylagan hech kim, bunga befarq qola olmaydi», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Erdo‘g‘an may oyida, Istanbulda o‘tkazilgan Xalqaro Oila forumidagi nutqida, 2026 – 2035 yillari Turkiyada «Oila va aholi o‘n yilligi» deb e’lon qilishini bildirgan edi.

Prezident, individual qulaylikni oilaviy va ijtimoiy rishtalardan ustun qo‘yadigan zamonaviy turmush tarzini tanqid qilgan holda mavzu haqida:

«Modernizatsiyani oilasizlashish va yolg‘izlashish kabi tushunchalar bilan almashtirayotgan shaxslarning bir shaxsga ham, jamiyatga ham osoyishtalik berishi imkonsizdir. Shaxsiy qulaylikni ustun qo‘ygan hayot tarzi afsuski yoshlar orasidan boshlanib, jamiyatning mayda to‘qimalariga qadar tez sur’atda singib boryapti», - dedi.

Ko‘plab davlatlar LGBT harakatiga qarshi choralar ko‘rdi.

Rossiya 2023 - yili «Xalqaro LGBT harakati»ni taqiqladi.

Oxirgi paytlarda Vengriya, Bolgariya, Argentina, Indoneziya va Gruziya oila qadriyatlarini LGBT ta’siridan himoya qilishni ko‘zlagan choralarni yo‘lga qo‘ydi.

Xuddi shuningdek, 30 dan ortiq Afrika davlati, 22 ta Osiyo davlati, 6 ta Amerika davlati bilan Okeaniyada 6 ta davlat jinsiyatsizlantirish bosimlariga qarshi qat’iy choralar ko‘rdi.