Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an DEASh terror tashkilotiga qarshi kurash kun o‘tgan sayin yana - da qat’iy qaror va kuchli iroda bilan davom etayotganini ta’kidlab, mintaqadagi barcha terror unsurlari tubdan yo‘q qilinganini ifoda etdi.
Erdo‘g‘an shanba kuni (24.01.2026) Turkiyaning Aydin viloyatida yangi qurilgan uy -joylarning kalitini o‘z egalariga topshirish marosimida nutq so‘zladi va unda Suriya shimolidagi terror tahdidi bartaraf etilgach; nafaqat Suriya xalqi, balki butun mintaqa tinchib qolishini ta’kidladi.
Bir butun, xavfsiz va barqaror Suriya barcha uchun foydali bo‘lishini alohida qayd etgan Erdo‘g‘an mavzu haqida: «Bir butun, yaxlit va xavfsiz Suriyada arablar, turkmanlar, kurdlar, alaviylar, druzlar, xristianlar va barcha Suriya xalqi yutuqqa erishadi», - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Prezident Erdo‘g‘an o‘z nutqida global siyosatga ham to‘xtalar ekan mavzu haqida: «Bu hafta Jahon Iqtisodiy Forumi doirasida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda bildirilgan fikr -mulohazalar, Turkiya tomonidan uzoq yillardan buyon global tizimga nisbatan ilgari surib kelinayotgan tanqidlar, bugungi kunga kelib qanchalik to‘g‘ri ekani G‘arb dunyosi tomonidan anglashilayotganidan dalolat bermoqda», - degan ifodalarga o‘rin berdi.






















