Eronda norozilik namoyishlari mamlakatning to‘rt burchagida keng tus olgan bir paytda Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Donald Tramp, eronliklar erkinlik tomon intilayotganini ta’kidlab; Vashington sifatida yordam ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirdi.
Tramp shanba kuni (10.01.2026) Truth Social ijtimoiy tarmoqda mavzu haqida: «Eron, ehtimol, hech qachon bo‘lib ko‘rmaganidek erkinlik sari intilmoqda. AQSh yordam berishga tayyor!!!» - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Eron dekabr oyi oxiridan buyon, asosan Eron riyalining keskin qadrsizlanishi va yomonlashib borayotgan iqtisodiy sharoitlar sababli ketma - ket norozilik namoyishlariga sahna bo‘lmoqda. Namoyishlar 28 - dekabr kuni Tehrondagi Katta yopiq bozor yaqinida boshlanib, keyinchalik ko‘plab shaharga tarqaldi.
Mintaqada internet uzib qo‘yilgani tufayli, namoyishlar chog‘ida yuz bergan qurbonlar soni bo‘yicha rasmiy ma’lumotlar yo‘q.
Tramp juma kuni (09.01.2026) bergan bayonotida, vaziyat keskin tus olar ekan Eron katta muammo ichida ekanini ifoda etib; Vashington jarayonlarni diqqat bilan kuzatayotgani va rasmiylarni namoyishchilarga qarshi o‘limga olib keluvchi kuch ishlatmaslik ustidan ogohlantirganini bildirgan edi.
Eron esa AQSh va Isroilni beqarorlikni qo‘zg‘atishda ayblab, xavfsizlik kuchlari va sud tizimi sabotajchilarni ko‘rmaslikka olmasligi haqida ogohlantirgan.
Londonda joylashgan internet kuzatish guruhi NetBlocks, Eron 48 soatdan beri to‘liq oflayn holatda ekanini ma’lum qilib; telemetriya ma’lumotlari mamlakat bo‘ylab joriy etilgan internet cheklovlari qat’iy davom etayotganidan dalolat berayotganini qayd etdi.












