Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Misr Prezidenti Abdulfattoh as - Sisi va AQSh Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan Sharm al - Shayh shahrida uyushtirilgan tinchlik sammitida ishtirok etish uchun bugun (13.10.2025) Misrga jo‘nab ketadi. Bu haqida Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Burhanettin Duran tomonidan ma’lumot berildi.
Burhanettin Duran mavzu haqida kecha, yakshanba kuni «X» ijtimoiy tarmoq orqali bergan bayonotida: «Prezidentimizning sammitda nutq soʻzlashi va ishtirokchi davlatlarning rahbarlari bilan maslahatlashuvlar oʻtkazishi rejalashtirilgan», - dedi.
Xabar qilinishicha sammit Sisi va Tramp hamraisligida bo‘lib o‘tadi va dunyoning 20 dan ortiq mamlakati yetakchilari ishtirok etadi.
Diplomatik manbalardan birining AFP agentligiga bergan bayonotiga ko‘ra mazkur sammitda AQSh, Misr, Qatar va Turkiya kafolat hujjatini imzolaydi.
Hamas rasmiylaridan birining shanba kuni AFPga bergan bayonotiga ko‘ra esa guruh Misrdagi G‘azo tinchlik bitimini rasmiy ravishda imzolash marosimida ishtirok etmaydi.
Hamas siyosiy byurosi a’zosi Xossam Badran intervyularidan birida, «Rasmiy imzo marosimida ishtirok etmaymiz», - dedi va Hamas Misrdagi otashkesim muzokaralarida asosan Qatar va Misr o‘rtamchilari orqali ishtirok etayotganini bildirdi.
Isroil ham tinchlik sammitiga vakil yubormaydi.
Genotsidchi Netanyaxuning Matbuot xizmati kotibi Shosh Bedrosian yakshanba kuni AFPga bergan bayonotida Isroil nomidan yuqorida nomi tilga olingan sammitda hech kim ishtirok etmasligini bildirdi.
Sammitda Erdo‘g‘an bilan birga Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Iordaniya Qiroli Abdulloh, Bahrayn Qiroli Hamad bin Iso al - Xalifa, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Keir Starmer, Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches, Italiya Bosh vaziri Giorgia Meloni, Pokiston Bosh vaziri Shohboz Sharif, Germaniya kansleri Fridrix Merz ham ishtirok etadi.
Misrning ta’kidlashicha sammitning maqsadi G‘azodagi urushni to‘xtatish, Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan sa’y - harakatlarni kuchaytirish hamda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikning yangi bosqichini boshlashdir.
Tramp chorshanba kuni bergan bayonotida, Isroil bilan Hamas joriy yilning 29 - sentabri kuni shaxsi tomonidan taqdim etilgan 20 bandlik rejaning birinchi bosqichi ustidan kelishib olganini ma’lum qilgandi.
Tramp rejasining birinchi bosqichi juma kuni kuchga kirdi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 - yilning oktabr oyidan beri Isroil hujumlari oqibatida G‘azoda 67,600 nafardan ortiq falastinlik jon berdi. Ularning ko‘pchiligi ayollar va bolalardan iborat. Bunga qo‘shimcha ravishda Isroil yuqorida nomi tilga olingan hujumlari yuzasidan G‘azoni ham yaroqsiz yoki yashab bo‘lmaydigan holga keltirdi.











