AQSh Prezidenti Donald Tramp shanba kuni (03.01.2026) Venesuela Prezidenti Nikolas Maduroni qo‘lga olib, mamlakatdan olib chiqqan AQSh harbiy amaliyoti ortidan Kolumbiya Prezidenti Gustavo Petroni ochiq - oydin ogohlantirdi. Unda aytgan so‘zlarini Kuba bilan bo‘lgan mintaqaviy siyosatda ham davom ettirdi.
Floridadagi matbuot anjumanida, Venesuelada uyushtirilgan hujumlarning oqibatlari haqidagi tashvishlarni ko‘rmaslikka olgan Petroning fikrlari haqida so‘ralganda, Tramp Kolumbiya liderini giyohvand moddalar ishlab chiqarish va ularni AQShga jo‘natishda nazorat qilayotganlikda aybladi.
Tramp Petroni nazarda tutgan holda: «Ularning kokain sexlari bor. U yerda kokain ishlab chiqaradigan fabrikalar bor. Ular uni AQShga jo‘natishyapti», — dedi va Petro o‘zini ehtiyot qilishi kerakligini o‘z so‘ziga ilova etdi.
Venesueladagi amaliyot oldidan Tramp takror - takror Karakasni AQShga noqonuniy giyohvand moddalar oqimini kuchaytirishda aybladi va zarbalarni yana - da kengroq mintaqaviy xavfsizlik choralari doirasidagi harakat sifatida ta'rifladi.
Kuba tez orada AQSh siyosatidagi muhokamalarning markaziga aylanishi mumkin
Tramp shuningdek Kubani ham tanqid qilgan holda orolni «muvaffaqiyatsiz davlat» deb atadi va uning rahbarlarini o‘nlab yillik iqtisodiy qashshoqlikda aybladi. U Kubaning tez orada AQSh siyosatidagi muhokamalarning markaziga aylanishi mumkinligini iddao etdi.
«U yerdagi insonlar ko‘p yillardan beri azob chekdi», — degan Tramp, «Biz kubaliklarga yordam bermoqchimiz lekin shu bilan birga Kubadan majburan chiqarilqan va hozir bu mamlakatda yashayotgan insonlarga ham yordam berishni istaymiz», — dedi .
Nomi tilga olingan yigʻilishda Donald Tramp yonidagi AQSh Davlat kotibi Marko Rubio esa Gavana haqida ogʻir gapirdi. Kubani bir falokat sifatida ta’riflagan Rubio, kubalik rasmiylarni Maduroning hukumatini qo‘llab - quvvatlashda markaziy rol oʻynashda aybladi.
Rubio Venesule muammolarining manbaalaridan biri Kubaning haddan tashqari ortiqcha ta’siri ekanini, «Maduroni himoya qilishga yordam bergan barcha qo‘riqchilar — ularning butun razvedka idorasi — kubaliklar bilan to‘la edi», — degan soʻzlar bilan himoya qilgan holda «Venesuelaliklarning eng katta muammolaridan biri, Kubadan mustaqilligini e'lon qilishga majbur boʻlishlaridir», — deya gapirdi.
Mazkur bayonotlar Venesueladagi yuqori profilli AQSh amaliyotlari ortidan Vashington bilan bir qator Lotin Amerika hukumatlari o‘rtasida kuchayib borayotgan tarangliklardan dalolat beradi chunki mintaqa liderlari diplomatik va xavfsizlik oqibatlarini baholamoqda.













