DUNYO
2 daqiqa o'qish
AQSH va Isroilning Eronga hujumi sababli dunyo xavotirda
Isroil, AQSH bilan yadroviy muzokaralar davom etayotgan bir vaqtda Eronga qarshi amalga oshirilgan hujumdan so‘ng mamlakat miqyosida favqulodda holat e’lon qildi.
AQSH va Isroilning Eronga hujumi sababli dunyo xavotirda
Eronning Tehron shahrida portlashdan so‘ng ufqda tutun ko‘tarildi, 2026-yil 28-fevral, shanba. / AP
14 соат олдин

Isroil Mudofaa vaziri Israel Katz, Shanba kuni bergan bayonotida, milliy xavfsizlikka bo‘lgan jiddiy tahdidlarni vaj qilib, Isroilning Eronga qarshi “oldini oluvchi hujum” uyushtirganini aytdi.

Katz, fuqarolarni Ichki front qo‘mondonligi ko‘rsatmalariga amal qilishga chaqirib, butun mamlakat bo‘ylab favqulodda holat e’lon qildi. Vazirlik bayonotida: “Isroil davlati Eronga qarshi ‘oldini oluvchi hujum’ boshladi. Mudofaa vaziri Israel Katz mamlakat miqyosida darhol kuchga kiruvchi maxsus favqulodda holat e’lon qildi”, deyiladi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Tehron shahar markazida kuchli portlash yuz bergan va quyuq tutun ko‘tarilgan. Eron hukumati hozircha rasmiy bayonot bermadi. Fars axborot agentligiga ko‘ra, Isfahon, Qum, Karaj va Kirmonshohda ham portlash tovushlari eshitilgan.

Ushbu hujum, Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha AQSH bilan muzokaralar olib borilayotgan keskin vaziyatda yuz berdi. Isroil qo‘shini ehtimoliy raketa xavfiga qarshi havo hujumidan ogohlantiruvchi faryod (sirena) tizimlarini ishga tushirdi. Shuningdek, qo‘shin “ta’lim faoliyatlari, ommaviy tadbirlar va ish joylari” taqiqlanganini ma’lum qildi. Harbiy bayonotda “hayotiy sohalar” ushbu taqiqdan mustasno ekani bildirildi.

Eron rahbarlarining barchasi nishonga olindi

Ismi ochiqlanmagan AQSHlik rasmiy va amaliyotdan xabardor bo‘lgan bir kishi, maxfiy harbiy harakatlar tufayli shaxsini yashirish sharti bilan bergan ma’lumotida, AQSHning Eronga qarshi hujumda qatnashganini, biroq ishtirok ko‘lami hozircha aniq emasligini aytdi. Reuters agentligiga gapirgan boshqa bir AQSHlik mulozim hujumlar havo va dengizdan amalga oshirilganini bildirdi.

Eron va Isroil o‘z havo hududlarini yopganini e’lon qildi. Ilk xabar qilingan hujum Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyning idoralari yaqinidagi hududni nishonga olgan. 86 yoshli Xomanaiyning o‘sha vaqtda u yerda bo‘lgan-bo‘lmagani ma’lum emas. Bir mulozim Reuters’ga Xomanaiy Tehron tashqarisidagi xavfsiz joyga olib ketilganini aytdi.

Eronning ISNA axborot agentligi, Isroilning ilk hujumlarida muhim amaliyot xodimlari ham bo‘lgan ko‘plab Inqilob qo‘riqchilari a’zolari halok bo‘lgani va yaralangani haqida xabar berdi.

Voqealar rivoji davom etmoqda…