Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Numan Kurtulmush Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o‘tkazilgan Islom Hamkorlik Tashkiloti Parlament ittifoqi (IHTPI)ning 20 - konferensiyasi doirasida Ozarbayjon Milliy Majlisi raisi Sohiba Gafarova bilan uchrashdi.
Heydar Aliyev nomidagi madaniyat markazida bo‘lib o‘tgan o‘zaro uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik ittifoqchilikni Shusha deklaratsiyasi asosida barcha sohalarda yana - da mustahkamlashga qat’iy intilish borligi ta’kidlandi.
Kurtulmush IHTPI - ning navbatdagi raisligini Indoneziyadan qabul qilib olgani munosabati bilan Gafarovani tabriklab, tashkilotning 20 - konferensiyasi samarali va xayrli natijalar bilan yakunlanishini tiladi.




















