SIYOSAT
1 daqiqa o'qish
Pezeshkiyan: Maqsadimiz urushni to‘xtatish va qamalni bekor qilish
Eron Prezidenti Mesud Pezeshkiyan AQSh bilan urush va muzokaralar ehtimoli haqida fikr bildirdi.
Pezeshkiyan: Maqsadimiz urushni to‘xtatish va qamalni bekor qilish
_

Poytaxt Tehronda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan ayollar va mutaxassislar ishtirokida o‘tkazilgan «Bugunning ayollari, ertangi Eron» nomli maxsus yig‘ilishda Pezeshkiyan AQSh bilan urush va muzokaralar ehtimoli haqida fikr bildirdi.

«Maqsadimiz urushni yakunlash, qamalni bekor qilish».

Shu doirada, Eron, hujumlarga qarshi o‘z hududiy yaxlitligini himoya qilayotgani va urushni maqsad deb bilmasligini ta’kidlagan Pezeshkiyan mavzu haqida:

«Muzokaralar jarayonida kuchimizning cho‘qqida ekanini hisobga olib, donolik, sha’n va manfaatlarni ko‘zlagan holda bosqichma - bosqich harakat qilamiz. Maqsadimiz urushni to‘xtatish, qamalni bekor qilish, bloklangan mablag‘larni ozod etish va shundan so‘ng yadroviy muzokaralar o‘tkazish edi» - dedi.

AQSh bilan muzokara olib borish «taslim bo‘lish» degani emasligini ta’kidlagan Pezeshkiyan Xitoyni nazarda tutgan holda mavzu haqida:

«Xitoy kabi davlatlar iqtisodiy raqobat orqali o‘z imkoniyatlarini namoyon etmoqda. Vatanni himoya qilish, xalqqa xizmat ko‘rsatish va chet elliklarga nisbatan milliy mansublik tuyg‘usini his qilish ham muhim. Og‘ir damlarda xalqning qo‘llab - quvvatlashini qadrlashim kerak» - degan ifodalarga o‘rin berdi.