Isroil armiyasi G‘azoning shimolida uyushtirilgan hujumda Muhammad Avdani o‘ldirganini iddao qilib, Avda Hamasning qurolli qanotining yangi qo‘mondoni etib tayinlanganini ilgari surdi.
Mavzu haqida chorshanba kuni (27.05.2026) berilgan bayonot, Isroil, Qurbon hayiti arafasida G‘azo shahri markazidagi aholi zich joylashgan hududni kuchli bombardimon qilishi ortidan qayd etildi. Sog‘liqni Saqlash manbalariga ko‘ra hujum oqibatida falastinlik bir ayol halok bo‘lar ekan, yana boshqalar yaralangan.
Hamas yoki uning qurolli qanoti hisoblangan Qassom brigadalari Isroilning ushbu iddaosiga hozircha munosabat bildirmadi.
Binyamin Netanyaxu bilan Mudofaa vaziri Israel Katz ham seshanba kuni, armiya G‘azo shahridagi havo hujumida Avdani nishonga olganini iddao qilgan edi.
Isroilning bu iddaolari, isroillik tahlilchilar va muxolifat vakillari, Knesset ishining to‘xtatilishi hamda muddatidan oldin saylov o‘tkazish ehtimoli oldida Netanyaxuning saylov hisob - kitoblari sabab G‘azoda keskinlikni yanada kuchaytirishga urinishi mumkinligi haqidagi ogohlantirishlari ortib borayotgan bir paytda qayd etilmoqda.
Isroil 2023 - yilning oktabr oyidan buyon ikki yil davom etgan shafqatsiz hujumlari davomida 72 ming nafardan ortiq insonni o‘ldirdi, 172 ming nafardan ziyod insonni esa yaraladi va o‘tgan yilning oktabr oyida otashkesim yoki sulh e’lon qilinishidan oldin harbiy bo‘lmagan infratuzilmasining 90 foiziga ziyon yetkazgan keng ko‘lamli vayronagarchilikka sabab bo‘ldi.

















