TURKIYA
1 daqiqa o'qish
NATOning sun’iy yo‘ldosh aloqasi Turkiyaga ishonib topshirildi
NATOning eng muhim salohiyatlaridan biri sanalgan sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi Turkiyada "CTECH" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilmoqda.
NATOning sun’iy yo‘ldosh aloqasi Turkiyaga ishonib topshirildi
Preparations for the upcoming NATO summit in Ankara

Turkiya bir tomondan NATO tarixidagi eng muhim yig‘inlardan biriga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan alyansning imkoniyatlari va salohiyatini oshirish borasida juda qimmatli loyihalarga qo‘l urmoqda.

O‘zi ishlab chiqargan sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimlari bilan dunyodagi sanoqli markazlardan biriga aylangan "CTECH" kompaniyasining yechimlari NATO uchun hayotiy ahamiyatga ega.

"Turkiya va Fransiyadan boshqa buni qila oladigan davlat yo‘q"

"CTECH" bosh direktori Juneyd Fırat o‘zlari ishlab chiqqan tizimning nima uchun muhimligini tushuntirib, diqqatga sazovor jihatlarga to‘xtaldi:

"NATOning bevosita o‘z armiyasi yo‘q. NATO ixtiyoridagi asosiy kuch — qo‘mondonlik boshqaruvi va aloqa infratuzilmasidir. Mana, biz ushbu aloqa ekotizimidagi eng mas’uliyatli vazifalardan birini o‘z zimmamizga oldik. Elektron to‘siqlarga chidamli, xavfsiz sun’iy yo‘ldosh modemini ishlab chiqarib, uni NATO xizmatiga taqdim etdik. Biz yaratgan bu tizim — shu vaqtgacha Turkiya tomonidan NATOga berilgan eng yuqori texnologiya hisoblanadi".

NATO talablarini to‘liq bajara oladigan bu tizimni faqat Turkiya va Fransiya ishlab chiqqanini va bu holatni NATOning o‘zi rasman e’lon qilganini ta’kidlagan Fırat, bu raqobatda Turkiya ustun kelganini aytdi. U NATO kabi nufuzli xalqaro mijozga ega bo‘lish orqali yangi imkoniyatlarga yo‘l ochganliklarini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, poytaxt Anqara 7–8-iyul kunlari NATO Liderlar sammitiga mezbonlik qiladi.

Boxabar bo'ling!
Pokiston armiyasi Saudiya Arabistonida qo‘shinlari joylashtirilganini tasdiqladi
Erdo‘g‘an Putin bilan Qora dengiz xavfsizligi va Ukraina masalasini muhokama qildi
Prezident Erdo‘g‘an Istanbulning ishg‘oldan ozod etilganining 103 yilligini nishonladi
Turkiyadan Isroilning Suriyadagi hududiy buzilishlariga keskin munosabat
ASELSAN gibrid havo mudofaa tizimlari bo'yicha 2,75 milliard dollarlik shartnoma imzoladi
77-Xalqaro kosmik kongress Antaliyada boshlandi
Kosmik hamkorlik bo'yicha Antaliya deklaratsiyasi 21 davlat tomonidan qabul qilindi
Erdo'g'an: Turkiya mudofaa sanoatida "katta inqilob" qilmoqda
Prezident Erdo‘g‘andan Turk davlatlari hamkorlik kuni munosabati bilan tabrik
Trump Turkiyaga nisbatan CAATSA sanksiyalarini bekor qilishga ijobiy qaradi
Guler: “Kavkaz xavfsizligi uch mamlakat xavfsizligi bilan chambarchas bog‘liq”
Guler Ozarbayjon va Gruziya mudofaa vazirlari bilan uchrashdi
Aviatsiya, kosmos va texnologiya festivali (TEKNOFEST) Shanliurfa GAP aeroportida davom etmoqda
AQSH Yaqin Sharqqa yana bir aviatashuvchi kema yuborishi bildirildi
Turkiya husiylarning Madinadagi fuqarolik infratuzilmasiga hujumini keskin qoraladi
Erdo‘g‘an: “Terrorsiz Turkiya” sa’y-harakatlari raqiblarimizga tiyib turuvchi ta’sir ko‘rsatdi
Aivo Orav: Turkiya va Yevropa Ittifoqi bir-biriga muhtoj
Turkiya Milliy razvedka tashkiloti Reyhanlidagi terakt javobgarini qo‘lga oldi
TEKNOFEST Janubi-sharqda ikkinchi kun hayajoni
Milliy xavfsizlik kengashi Prezident Erdo‘g‘an raisligida yig‘ildi.