TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Istanbulda TEKNOFEST festivali boshlandi
Festival milliy texnologiyalarni targʻib qilish va rivojlantirish hamda odamlarning bu sohadagi xabardorligini oshirishga qaratilgan.
Istanbulda TEKNOFEST festivali boshlandi
Industry and Technology Minister Mehmet Fatih Kacir highlighted Türkiye’s tech growth, citing higher R&D spending and a surge in tech parks.
18 сентябр 2025

Turkiyaning yetakchi aviatsiya, texnologiya va kosmik texnologiyalar festivali TEKNOFEST kecha, 17 sentyabr chorshanba kuni Istanbul shahrida o‘z eshiklarini ochdi.

Besh kun davom etadigan tadbir Istanbuldagi Ataturk xalqaro aeroportida bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur nufuzli festival Turkiya Texnologiya Jamoasi Jamgʻarmasi (T3) hamda Turkiya Sanoat va Texnologiya vazirligi tomonidan tashkil etilgan.

TEKNOFEST 2018-yildan beri muntazam ravishda o‘tkazilib kelinmoqda. Bu tadbir har yili davlat idoralari, xususiy kompaniyalar, vazirliklar va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda o’tkaziladi.

TEKNOFEST festivalida bu yil 58 ta yo’nalishda tanlovlar va 137 ta toifada ilmiy tadbirlar bo’lib o’tadi. Shuningdek, seminarlar, mukofotlar qoʻyilgan texnologiya tanlovlari, mahalliy texnologiya koʻrgazmalari tashkil etilgan.

Tadbir davomida dunyoning turli burchaklaridan kelgan ishtirokchilar o‘z bilim va tajribalarini bo‘lishib, texnologiya rivojlanishida muhim yutuqlarga erishish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Texnologiya, hayajon va parvozlar

TEKNOFEST yakshanba kunigacha tashrif buyuruvchilarni nafaqat texnologiya musobaqalari, balki turli xil ajoyib tadbirlar bilan ham kutib olmoqda.

Festivalda hayratlanarli havo shoular, turli ko‘rgazmalar va mahorat darslari, immersiv simulyatsiya zonalari, planetarium, savdo yarmarkalari hamda maxsus talabalar uchun parvoz tadbirlari o‘tkazilib, texnologik va hayajonli tajribalar bir joyga jamlangan.

Tadbir an’anaviy ravishda juft yillarda Turkiyaning turli shaharlarida, toq yillarda esa Istanbulda o‘tkaziladi.

Festival, shuningdek, ikki xorijiy mamlakatda ham o‘tkazilgan: Ozarbayjon va Shimoliy Kipr Turk Respublikasida.

O‘tgan oy Istanbulda TEKNOFESTning dengizga bag‘ishlangan "Moviy Vatan" tadbiri o‘tkazildi.

O‘tgan yili Turkiyaning Adana shahrida o‘tkazilgan TEKNOFEST taxminan 1,1 million mehmonni jalb qilgan bo‘lsa, umumiy tashrif buyuruvchilar soni hozirgacha 11 milliondan oshdi.

Boxabar bo'ling!
Dunyo Gruziyadagi harbiy samolyot halokatidan so‘ng Turkiyaga ta’ziya bildirdi
Erdo‘g‘an va Kobaxidze Gruziyadagi samolyot halokati yuzasidan hamkorlikni muhokama qildi
Gruziyada qulagan turk harbiy samolyotida 20 askar shahid bo‘ldi
Turkiya harbiy samolyoti Gruziya–Ozarbayjon chegarasida halokatga uchradi
Turk olimi jamoasi yashashga yaroqli yangi sayyoralarni topdi
Erdo‘g‘an Ataturkni yod etishga bag‘ishlangan marosimga yetakchilik qildi
Turkiya, Ataturkning Salonikdagi uyini qayta ochib, asoschisining merosini sharafladi
Turkiya o‘z asoschisi Ataturkni vafotining 87-yilligida yodga oldi
Istanbulda «Gʻazoning kelajagi» xalqaro sammiti boʻlib oʻtadi
Turk hay’ati vaqti – vaqti bilan toʻxtab qolgan muzokaralar uchun Afgʻonistonga boradi
Hakan Fidan ertaga AQShga tashrif uyushtiradi
Erdoʻgʻan: AQSh F - 35 masalasi ustidan oʻz majburiyatlarini bajaradi degan umiddaman
Turkiya kiber josuslik reydlarida ikki gumonlanuvchini qo‘lga oldi
Prezident Erdo‘g‘an Ozarbayjonning Qorabog‘dagi g‘alabasi Kavkazda tinchlik uchun muhim rol o‘ynaydi
Turkiya G‘azodagi genotsid sababli Netanyahu va 36 shaxsga nisbatan hibs buyrug‘i chiqardi
Prezident Erdo‘g‘an va Liviya Bosh vaziri Dibeyba ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qildilar
TRT World Digital 2025-yilgi Lovie mukofotlarida katta yutuqqa erishdi
THY Ispaniyaning Air Europa aviakompaniyasining 355 million dollarlik ulushini sotib oldi
Turkiya G‘azodagi otashkesimning davom etishi tarafdori
Ibrahim Kalin Istanbulda Hamas hay’atini qabul qildi