SIYOSAT
2 daqiqa o'qish
Tramp AQShning harbiy ustunligini ta'kidladi
AQSh Prezidenti Donald Tramp, Yaponiyada AQShning harbiy ustunligini ta'kidladi.
Tramp AQShning harbiy ustunligini ta'kidladi
_
28 октябр 2025

AQSh Prezidenti Donald Tramp Yaponiya havo kuchlari (ya’ni Yaponiya o‘zini o‘zi himoya qilish kuchlari)ning F - 35 qiruvchi samolyotlaridan foydalana olishi uchun birinchi partiya raketalarni yetkazib berishga ruxsat berganini ma’lum qildi.

Tramp, Tokio yaqinidagi Yokosuka dengiz bazasida joylashgan USS George Washingtonda amerikalik askarlarga murojaat qilar ekan, «Ilk guruh raketa tasdiqlanganidan xursand ekanimni bildirmoqchiman», - dedi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, raketalar rejalashtirilganidan ham oldin tayyor bo‘ladi va shu hafta topshiriladi.

Harbiy ustunlikning ta’kidlanishi

Tramp AQShning harbiy ustunligini ta’kidlagan holda: «Bundan buyon biron bir urushga kirgudek bo‘lsak, unda mutlaoq g‘alabaga erishamiz. Bugungacha hech kim bajara olmagandek erishamiz», - dedi.

AQSh dengiz kuchlarini maqtagan Tramp, hech qaysi dengiz floti AQSh dengiz flotidek emasligi va hatto Amerika eng yaxshi uskunalar, o‘q - dorilar, qurollar, raketalar va samolyotlarni ishlab chiqishini ta’kidladi.

Tramp: «Bizning harbiy kuchimizga teng keladigan hech qanday kuch yo‘qdir. Hatto, yaqin keladigan kuch ham yo‘qdir. Hech kimda bizning qurollardek qurol yo‘q va yaqinda har doimgidan ham kuchliroq bo‘lamiz», - dedi.

Tramp rivojlangan qurollar bilan bir qatorda AQShning harbiy kuchi xodimlari bilan ham aloqali ekanini ta’kidladi. AQSh prezidenti: «Bu qurollarni foydalanuvchi to‘g‘ri insonlar bo‘lmasa, unda, buning hech qanday ma’nosi yo‘q», - dedi.

Tokio AQSh ittifoqini yuqori choqqilarga olib chiqmoqchi

Trampdan keyin AQSh - Yaponiya askarlariga murojaat qilgan Takaichi, Yaponiya Osiyo - Tinch okeani mintaqasida tinchlik va barqarorlikka faol va ulkan hissa qo‘shishini va’da qildi.