TURKIYA
2 daqiqa o'qish
TRT World Forum: Erdoʻgʻan global boshqaruv mexanizmini samarasiz deb baholadi
Erdoʻgʻan Turkiyaning nufuzli brendlaridan biriga aylangan ushbu forumni yuksak saviyada tashkil etgani munosabati bilan TRT rahbariyatiga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.
TRT World Forum: Erdoʻgʻan global boshqaruv mexanizmini samarasiz deb baholadi
TRT World Forum'un açılış programı

Prezident Erdoʻgʻan: “Eski tartib oʻlmoqda, yangisi esa hali tugʻilmadi — biz strukturaviy inqirozni boshdan kechirmoqdamiz”

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdoʻgʻan kuchlar raqobati tobora keskinlashayotgan, qoidalar mensinilmayotgan, qoidalarga asoslangan tizim jiddiy darajada yemirilayotgan hamda qadriyatlar barbod boʻlayotgan murakkab bir davrdan oʻtilayotganini taʼkidladi.

Prezident Erdoʻgʻan oʻz nutqida: “Global boshqaruv mexanizmlari biz dush kelayotgan muammolarni hal etishda yetarsiz va samarasiz boʻlib qolmoqda. Xalqaro tizim tayangan barcha norma va tamoyillar bugun oyoqoltida toptalmoqda. Eskining oʻlmoqda ekani, yangisining esa hali tugʻila olmayotgani bilan bogʻliq strukturalik inqirozni barchamiz birgalikda boshdan kechirmoqdamiz”, — deya taʼkidladi.

Istanbul Kongress markazida “Markazsiz dunyo: Qoidalar oʻz kuchini yoʻqotganda kim yetakchilik qiladi?” mavzusida oʻtkazilayotgan TRT World Forum 2026 anjumani ochilishida soʻzga chiqqan Prezident Erdoʻgʻan barcha ishtirokchilarga samimiy qutlovlarini yoʻlladi va ularni Turkiya hamda Istanbulda koʻrib turganidan mamnunligini bildirdi.

"TRT World Forum global muloqot maydoniga aylandi"

Ikki kun davomida energetika, iqtisodiyot, sunʼiy intellekt, transport, mintaqaviy inqirozlar va global xatarlar kabi keng qamrovli mavzular muhokama qilinishini taʼkidlagan Erdoʻgʻan, forum xalqlar va butun insoniyat uchun xayrli natijalar keltirishini tiladi.

Erdoʻgʻan Turkiyaning nufuzli brendlaridan biriga aylangan ushbu forumni yuksak saviyada tashkil etgani uchun TRT rahbariyatiga oʻz minnatdorchiligini bildirdi. U TRT anʼanaviy va raqamli media makonida xolis hamda masʼuliyatli teleradiokanal sifatida 62 yildan buyon oʻz yoʻnalishini yoʻqotmay kelayotganini taʼkidladi:

“Aniq va xolis xabarchilik siyosati, inson va haqiqatga yoʻnaltirilgan yondashuvi hamda sifatli loyihalari bilan TRT ovozi dunyoning toʻrt tomoniga yetib bormoqda. 2017-yildan buyon oʻtkazib kelinayotgan TRT World Forum esa ushbu ovozning turli tillar va fikrlash tarzlari bilan yanada boyib, global miqyosda kuzatiladigan va eʼtirof etiladigan platformaga aylanganini koʻrsatadi.”

43 mamlakatdan 150 ga yaqin maʼruzachi

Bu yilgi forum doirasidagi sessiyalar va davra suhbatlarida 43 mamlakatdan 150 ga yaqin maʼruzachi qatnashayotganini qayd etgan Erdoʻgʻan, bildiriladigan fikr-mulohazalar mazlum va jabrdiyda hududlar joylashgan barcha mintaqalar uchun tinchlik, osoyishtalik hamda barqarorlikka xizmat qilishiga umid bildirdi.

Suhbat yakunida Prezident Erdoʻgʻan quyidagi fikrlarni ilgari surdi:


“Aql va vijdon egalari sifatida ushbu inqirozni adolatli va haqqoniy yechimlar bilan yakunlash barchamizning umumiy masʼuliyatimizdir deb hesablayman. Shu nuqtai nazardan, bu yilgi forumning ‘Markazsiz dunyo: Qoidalar oʻz kuchini yoʻqotganda kim yetakchilik qiladi?’ mavzusi ostida tashkil etilganini gʻoyatda oʻrinli va oʻz vaqtida qoʻyilgan qadam deb bilaman.”