G'AZODA URUSH
3 daqiqa o'qish
Sharqiy Quddusda noqonuniy aholi punktlari uchun tender e’lon qilindi
Isroil, ishg‘ol ostidagi Sharqiy Quddusda 3 ming 400 dan ortiq noqonuniy aholi punkti uchun tender e’lon qildi.
Sharqiy Quddusda noqonuniy aholi punktlari uchun tender e’lon qilindi
_
8 январ 2026

Falastin hukumatiga qarashli bir muassasaning chorshanba kuni (07.01.2026) bergan bayonotiga ko‘ra Isroil rasmiylari bosib olingan G‘arbiy Sohilda, Quddusning sharqida joylashgan va E1 deb ataluvchi hududda 3 ming 401 ta yangi noqonuniy turar joy qurish uchun tender e’lon qildi.

Devor va aholi punktlariga qarshi qarshilik ko‘rsatish komissiyasi mavzu haqidagi bayonotida Isroilning bu qadami ishg‘ol ostidagi Sharqiy Quddusni Falastin hududlaridan ajratish va Falastin davlatining barpo etilishiga to‘sqinlik qilishi mumkinligi ustidan ogohlantirdi.

E1 hududi Sharqiy Quddusdagi strategik yo‘lak bo‘lib, Isroil bu hududdan bosib olingan shaharni Maale Adumimni ham o‘z ichiga olgan holda yaqin atrofdagi noqonuniy aholi punktlari bilan yerlarni musodara qilish va yangi qurilishlar orqali boglashni rejalashtirmoqda. Falastinliklar esa bu reja Falastinning tabiiy shaharsozlik rivojiga to‘sqinlik qilishini ta’kidlamoqda.

Komissiya raisi Muayyad Shaabanning aytishicha, Isroil Yerlar boshqarmasi e’lon qilgan tender xalqaro bosim sababli qariyb uch o‘n yildan beri rasman muzlatib qo‘yilgan loyihaning amalda ishga tushirilganini anglatadi. U, shuningdek, mazkur rejaning tasdiqlash jarayonlari 2025 - yilning avgust oyida yakunlanganini o‘z so‘ziga ilova qildi.

Shaaban bu qadam Quddusni Falastin hududiy muhitidan butunlay ajratish, G‘arbiy Sohilni bo‘laklarga bo‘lish va Quddus sharqidagi Falastin shahar kengayishini to‘xtatishni maqsad qilgani; natijada shaharlarning geografik va demografik tuzilmasi tubdan o‘zgarishini ta’kidladi.

Shaaban ma’lumotiga ko‘ra, Isroil 2025 - yili bosib olingan G‘arbiy Sohil bo‘ylab 10 ming 098 ta aholi punkti birligi uchun tender e’lon qilgan bo‘lib, ularning 7 mingdan ortig‘i Maale Adumim hududiga ajratilgan.

Siyosiy beparvolik

Isroilning aholi punktlari tekshiruvchisi Peace Now tashkiloti E1 bo‘yicha tenderni “siyosiy beparvolik” deb atab, bu har qanday siyosiy yechim umidlari hamda isroilliklar bilan falastinliklar uchun yaxshiroq kelajak istiqboliga putur yetkazishini bildirdi.

Tashkilot bayonotida E1 hududidagi qurilishlar ortga qaytib bo‘lmaydigan holatlarni yaratib, oxir - oqibat bir davlatli tizimni mustahkamlashga xizmat qilishi, mavjud ko‘rsatkichlar esa apartheidga o‘xshash tizim shakllanayotganini anglatishi aytildi.

Peace Now ma’lumotiga ko‘ra 2025 - yili Maale Adumimda 6 ming 700 dan ortiq uy - joy birligi jumladan, rekord darajadagi 9 ming 629 ta aholi punkti uylari bilan yakunlangan bo‘lib, bu so‘nggi olti yil ichida e’lon qilingan tenderlar umumiy sonidan ham oshib ketgan.

Tashkilot shuningdek, ushbu tenderlar Binyamin Netanyaxu ishtirokida Isroil hukumati va Maale Adumim munitsipaliteti o‘rtasida imzolangan hukumat doiraviy kelishuvidan kelib chiqqanini qayd etdi.

Bosib olingan G‘arbiy Sohil bo‘ylab yuzlab aholi punktlarida qariyb 750 ming nafar noqonuniy isroillik ko‘chmanchi yashaydi. Ularning taxminan 250 ming nafari Sharqiy Quddusda joylashgan. Falastin rasmiylari bu raqamlarni falastinliklarni majburan ko‘chirishga qaratilgan kundalik ko‘chmanchi zo‘ravonliklarning dalili sifatida ko‘rsatmoqda.

O‘n yillardan beri Falastin ma’muriyati Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan noqonuniy deb topilgan aholi punktlari kengayishini to‘xtatish uchun xalqaro hamjamiyatni Isroilga bosim o‘tkazishga chaqirib kelmoqda va G‘arbiy Sohilning har qanday rasmiy anneksiyasi BMT rezolyutsiyalarida ko‘zda tutilgan ikki davlat asosidagi yechim umidlarini barbod qilishidan ogohlantirmoqda.

O‘tgan yilning iyul oyida tarixiy ahamiyatga ega maslahat xulosasida Xalqaro Adliya sudi, Isroilning Falastin hududlaridagi ishg‘olini noqonuniy deb e’lon qilgan va G‘arbiy Sohil bilan Sharqiy Quddusdagi barcha aholi punktlarini bo‘shatishni talab qilgandi.