DUNYO
2 daqiqa o'qish
Isroil hujumlari Livanda yana 5 kishi umriga zomin bo‘ldi
Isroilning qoidabuzarliklari yuzasidan Livanda yana 5 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi esa tan jarohati oldi.
Isroil hujumlari Livanda yana 5 kishi umriga zomin bo‘ldi
_

Isroil sulh yoki ot ochishni toxtatish kelishuviga qaramay Livan janubiga qarshi yangi hujumlar uyushtirdi. Isroilning mintaqadagi insonsiz havo transportlari (IHT) orqali uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida yana besh kishi halok bolgani ma’lum qilindi.

Isroil bilan Eron ortasidagi keskinlikning kuchayishi dam olish kunlari Livanga qarshi uyushtirilgan hujumlar sababli jadal tus olgan edi. Ushbu taranglik ozaro ravishda qisman pasayganidan 24 soat otib, Livan janubi yana Isroil hujumlari nishoniga aylandi.

Livanning rasmiy NNA axborot agentligi xabariga kora Nabatiya hududiga qarashli Adshit qishlogidagi fermaga qarshi uyushtirilgan Isroil havo hujumi natijasida bir kishi halok bolgan.

Habbush qishlogida amalga oshirilgan insonsiz havo transportlari hujumlarida esa 16 yoshli osmir bola hayotdan ko‘z yumgan.

Shuningdek, Isroilga tegishli insonsiz havo transportlarining Kfar Rummandagi al - Marj mahallasiga qarshi uyushtirgan hujumida yana ikki kishi halok bolgan.

Sur shahrida esa fuqarolar yashaydigan hududlarga qarshi uyushtirilgan havo hujumlari natijasida bir kishining jasadi topilgani, bedarak yoqolganlarni qidirish ishlari davom etayotgani bildirildi.

Isroilning Sharqiya qishlogida, Husayniya klubi yaqinida qisqa vaqt oraligida amalga oshirilgan ikki insonsiz havo hujumida Livanning harbiy bo‘lmagan mudofaa xodimlari ham bolgan uch kishi yaralangan.

Livan harbiy bo‘lmagan mudofaa xizmati bergan bayonotda, qidiruv - qutqaruv ishlari davom etayotgan bir paytda ikkinchi hujum sodir bolgani va qutqaruv guruhlari nishonga olingani ta’kidlandi.

Hujumlar sababli Sur shahri va uning atrofida yangi qochqinlar (majburiy ko‘chirilganlar) tolqini yuzaga kelgani, boshpana markazlari esa toliq tolgani ma’lum qilindi.

Livan rasmiylari ma’lumotiga kora AQSh komagida tuzilgan sulh 2 - mart kuni kuchga kirganidan buyon Isroilning Livanga qarshi uyushtirgan havo hujumlari natijasida 3 ming 600 nafardan ortiq inson halok bolgan, 11 ming nafardan ziyod kishi yaralangan va 1,6 milliondan nafardan ortiq inson esa oz uyini tark etishga majbur bolgan.