TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Prezident Erdo’g’an ShKTR prezident saylovida g‘alaba qozongan Erhurmanni tabrikladi
Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an yakshanba kuni Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (SKTR) prezidentlik saylovida g‘olib chiqqan Respublika Turk Partiyasi (RTP) yetakchisi Tufan Erhurmanni tabrikladi.
Prezident Erdo’g’an ShKTR prezident saylovida g‘alaba qozongan Erhurmanni tabrikladi
Turkish President Recep Tayyip Erdogan congratulated Tufan Erhurman.
20 октябр 2025

Erdo‘g‘an ijtimoiy tarmoqlardagi tabrigida ushbu saylovning ikki davlat va kengroq mintaqa uchun foydali bo‘lishiga umid bildirganini aytdi.
“Bu saylov SKTRning demokratik yetukligini yana bir bor namoyish etdi va turk kiprlik birodarlarimizning erkin irodasini aks ettirdi. Turkiya har bir platformada ShKTRning suveren huquqlari va manfaatlarini turk kiprlik xalqi bilan birgalikda himoya qilishda davom etadi,” — dedi u.

ShKTR Oliy Saylov Kengashining norasmiy natijalariga ko‘ra, Erhurman 62,76 foiz ovoz bilan amaldagi prezident Ersin Tatarni (35,81 foiz) mag‘lub etib, g‘alaba qozondi.

Turkiya vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz ham saylov natijalarini olqishlab, bu ShKTR va uning fuqarolarining siyosiy yetukligini yana bir bor tasdiqlaganini ta’kidladi:
“Saylovlar SKTRning davlat sifatidagi yetukligini ko‘rsatdi. Ona vatan va kafolatchi davlat sifatida biz SKTRni va turk kiprlik xalqini qat’iy qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz,” — dedi u.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi ham alohida bayonot bilan chiqib, Erhurmanni tabrikladi va Turkiya “ona vatan va kafolatchi” sifatida turk kiprlik xalqining farovonligi hamda rivojlanishi uchun o‘z mas’uliyatlari doirasida harakat qilishda davom etishini bildirdi.

Saylovdan so‘ng Erhurman, Turkiya bilan maslahatlashmasdan turib, Shimoliy Kiprga oid hech qanday tashqi siyosiy qaror qabul qilinmasligini va’da qildi.
“Mening davrimda Kiprga oid tashqi siyosat yoki bu masaladagi har qanday pozitsiya Turkiya bilan maslahatlashmasdan belgilanmaydi,” — dedi u.

Shuningdek, Erhurman Prezident Erdo‘g‘an, Vitse-prezident Yilmaz va Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidanning tabriklari uchun minnatdorchilik bildirdi. U ShKTR va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar “yanada mustahkamlanishda davom etishini” aytib, buni o‘z rahbarligining “asosiy vazifasi” deb atadi.

Turkiya Parlament Spikeri Numan Kurtulmush ham Erhurmanni tabriklab, saylov natijalari ShKTR, Turkiya va kengroq turkiy dunyo uchun ijobiy natijalar olib kelishiga umid bildirdi.

Turkiya Aloqa direktori Burhanettin Duran esa saylovning tinch o‘tganini “turk kiprlik demokratiyasining yetukligining kuchli dalili” deb baholadi.

 

Boxabar bo'ling!
Dunyo Gruziyadagi harbiy samolyot halokatidan so‘ng Turkiyaga ta’ziya bildirdi
Erdo‘g‘an va Kobaxidze Gruziyadagi samolyot halokati yuzasidan hamkorlikni muhokama qildi
Gruziyada qulagan turk harbiy samolyotida 20 askar shahid bo‘ldi
Turkiya harbiy samolyoti Gruziya–Ozarbayjon chegarasida halokatga uchradi
Turk olimi jamoasi yashashga yaroqli yangi sayyoralarni topdi
Erdo‘g‘an Ataturkni yod etishga bag‘ishlangan marosimga yetakchilik qildi
Turkiya, Ataturkning Salonikdagi uyini qayta ochib, asoschisining merosini sharafladi
Turkiya o‘z asoschisi Ataturkni vafotining 87-yilligida yodga oldi
Istanbulda «Gʻazoning kelajagi» xalqaro sammiti boʻlib oʻtadi
Turk hay’ati vaqti – vaqti bilan toʻxtab qolgan muzokaralar uchun Afgʻonistonga boradi
Hakan Fidan ertaga AQShga tashrif uyushtiradi
Erdoʻgʻan: AQSh F - 35 masalasi ustidan oʻz majburiyatlarini bajaradi degan umiddaman
Turkiya kiber josuslik reydlarida ikki gumonlanuvchini qo‘lga oldi
Prezident Erdo‘g‘an Ozarbayjonning Qorabog‘dagi g‘alabasi Kavkazda tinchlik uchun muhim rol o‘ynaydi
Turkiya G‘azodagi genotsid sababli Netanyahu va 36 shaxsga nisbatan hibs buyrug‘i chiqardi
Prezident Erdo‘g‘an va Liviya Bosh vaziri Dibeyba ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qildilar
TRT World Digital 2025-yilgi Lovie mukofotlarida katta yutuqqa erishdi
THY Ispaniyaning Air Europa aviakompaniyasining 355 million dollarlik ulushini sotib oldi
Turkiya G‘azodagi otashkesimning davom etishi tarafdori
Ibrahim Kalin Istanbulda Hamas hay’atini qabul qildi