Mag‘rib Sumud karvoni O‘rta Yer dengizida yo‘l olgan kemalarning ustida noma’lum uchta insonsiz havo transporti uchib yurganini ma’lum qildi.
Mag‘rib karvonining Matbuot xizmati kotibi Vael Naouar yakshanba kuni Facebook orqali bergan bayonotida, «Uchta insonsiz havo tranporti ustimizda uchib yuribdi. Ulardan biri ancha yaqinlashdi», - dedi.
Naouvarning aytishicha, yana bir insonsiz havo transporti Tunis kemalaridan biri bo‘lgan Deir Yasin ustida kuzatilgan va shanba kuni shunga o‘xshash yana bir insonsiz havo transporti qayd etilgan.
Janubiy Afrikadan yo‘lga chiqqan 23 ta kemadan tashkil topgan Mag‘rib karvoni Yevropa, Lotin Amerika, AQSh, Pokiston, Hindiston va Malayziyadan qariyb 50 ta kema ishtirok etgan Global Sumud karvonining bir qismidir. Ular G‘azoga yetib borishni ko‘zlagan eng yirik tashabbusdir.
G‘azoda falastinlik 2.4 million inson 18 yildan beri Isroil qamali ostida jon saqlashga harakat qilmoqda. Isroil ilgari G‘azoga yo‘nalgan kemalarni to‘xtatib, ularni musodara qilar ekan, kamiga ichidagilarni deportatsiya qilgandi.
Isroil G‘azoda genotsid sodir etayotgani haqida yaqinda xulosa qilgan BMT tadqiqotchilari, mintaqada 2023 - yilning oktabridan beri 65 ming nafardan ortiq inson halok bo‘lganini ta’kidladi.