DUNYO
2 daqiqa o'qish
Tramp: Rossiya va Xitoy yashirin yadro sinovlari o‘tkazayotganini ta’kidladi
AQSh Prezidentining bayonotlari yadro qurollarini sinovdan o‘tkazish jarayonini 30 yildan ortiq muddatdan so‘ng qayta boshlash buyruğini berganidan uch kun o‘tgach aytildi.
Tramp: Rossiya va Xitoy yashirin yadro sinovlari o‘tkazayotganini ta’kidladi
US President Trump returns to the White House following a weekend trip to Florida. / Reuters
3 ноябр 2025

AQSh Prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yagona yadro sinovi o‘tkazayotgan mamlakat emasligini, Rossiya va Xitoy ham sinovlar o‘tkazayotganini iddao qildi. Tramp bu fikrini CBS News’ning “60 Minutes” dasturiga bergan intervyusi chog‘ida bildirdi. Dastur boshlovchisi Norah O’Donnell Shimoliy Koreya yadro qurolini sinovdan o‘tkazgan yagona mamlakat ekanligini aytgach Tramp so‘zga aralashib, “Rossiya sinov o‘tkazmoqda, Xitoy sinov o‘tkazmoqda, lekin hech kim bundan gapirmayapti,” dedi. Trampning bu bayonotlari AQSh qo‘shinlariga 30 yildan oshiq muddatdan keyin yadro sinovlarini qayta boshlash buyruğini berganidan uch kun keyin bildirildi.

“Boshqa mamlakatlar sinov o‘tkazmoqda. Biz sinov o‘tkazmaydigan yagona mamlakatmiz va shunday bo‘lishni xohlamayman,” degan Tramp, bu mamlakatlarning qurollarini qayerda sinovdan o‘tkazayotganlarini “albatta bilib bo‘lmasligini” ta’kidladi.

‘Ulkan yadroviy kuch’
Yadro qurollarini ishlatishni xohlamasligini yana bir bor ta’kidlagan Tramp, bu qurollar qanday ishlashini ko‘rish uchun sinov o‘tkazish keragini aytdi. “Bu mantiqiy emasmi? Yadro qurolini yasayapsiz, keyin uni sinovdan o‘tkazmayapsiz. Qanday qilib ishlashini bilasiz? Ishlayaptimi-yo‘qmi qanday bilasiz?” deb qo‘shimcha qildi.
Tramp shuningdek, AQSh “ulkan yadroviy kuch” ga ega ekanligini va bu kuchning “har qanday mamlakatdan ko‘proq” ekanligini ta’kidladi. “Rossiya ikkinchi o‘rinda. Xitoy juda orqada, uchinchi o‘rinda, lekin besh yil ichida tenglashadi. Bilasizmi, ular tez ishlab chiqarmoqda va menimcha yadroviy kamaytirish bo‘yicha biror narsa qilishimiz kerak... Dunyoni 150 marta yo‘q qiladigan yadroviy qurollarimiz bor. Rossiyaning ham juda ko‘p yadroviy qurollari bor va Xitoynikilari ham ko‘p bo‘ladi,” dedi.