Falastinning Quddus gubernatorligi dushanba kuni, Isroil, bosib olingan Sharqiy Quddusning janubida qariyb 650 ta uy - joyni o‘z ichiga oladigan yangi noqonuniy aholi punktiga oid rejalarni ilgari surganini ma’lum qildi.
Gubernatorlik bayonotida Isroilning Hududiy rejalashtirish va qurilish qo‘mitasi falastinliklarning uy - joylari yonida joylashgan, qariyb 2,7 gektarlik maydonni o‘z ichiga oluvchi va «Nofei Rachel» deb nomlangan aholi punkti loyihasiga oid rejani jamoatchilik muhokamasiga qo‘yganini bildirdi.
Ta’kidlanishicha, mazkur reja aholi punktlarini kengaytirish va amaldagi vaziyatni o‘zgartirish bilan birga, falastinliklarning o‘rni hamda shaharning kengayishini cheklashga qaratilgan Isroilning noqonuniy aholi punktlari siyosatining bir qismidir.
Shuningdek, dushanba kuni Isroilning inson huquqlari tashkiloti «Ir Amim» so‘nggi haftalarda Isroil bosib olgan Sharqiy Quddusda jami 3 ming 400 dan ortiq uy - joyni o‘z ichiga olgan uchta yirik noqonuniy aholi punkti loyihasini ilgari surganini ma’lum qildi.
BMT va aksariyat davlatlar bosib olingan Falastin hududlarida qurilgan Isroil aholi punktlarini xalqaro huquqqa ko‘ra noqonuniy deb hisoblaydi. Ular mazkur aholi punktlari ikki davlat asosidagi yechim istiqbolini zaiflashtirayotganini ta’kidlamoqda.
Isroilning «Peace Now» harakati ma’lumotlariga ko‘ra bosib olingan G‘arbiy Sohilda qariyb 500 ming nafar noqonuniy isroillik ko‘chmanchi istiqomat qiladi. Bundan tashqari, bosib olingan Sharqiy Quddusdagi noqonuniy aholi punktlarida taxminan 250 ming kishi yashaydi.




















