TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Istanbulda G‘azodagi otashkesim kelishuvi muhokama qilindi
Turkiya Respublikasi Milliy Razvedka Tashkiloti (MRT) rahbari Ibrahim Kalin, Xamas delegatsiyasi bilan uchrashdi.
Istanbulda G‘azodagi otashkesim kelishuvi muhokama qilindi
_

Xavfsizlik manbalariga ko‘ra Turkiya Respublikasi Milliy Razvedka Tashkiloti (MRT) rahbari Ibrahim Kalin Istanbulda Falastin qarshilik harakati Xamas delegatsiyasi bilan uchrashdi.

Kalin shanba kuni (24.01.2026) Xamas Siyosiy byurosi a’zosi va muzokaralar delegatsiyasi rahbari Xalil al - Hayya ham da unga hamrohlik qilgan delegatsiya a’zolari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuvlarda ikkinchi bosqichga o‘tgan G‘azodagi otashkesim kelishuvi muhokama qilindi. Tomonlar insonparvarlik yordamini ko‘paytirish, Rafoh chegara darvozasining ikki tomonli ochilishi, G‘azo Milliy boshqaruv qo‘mitasining faoliyat boshlashi va boshqa tegishli masalalarda muvofiqlashtirilgan holda ishlash borasida kelishib oldi.

Yana xuddi shu uchrashuv paytida Xamas delegatsiyasi G‘azoda tinchlik o‘rnatish yo‘lidagi sa’y - harakatlarda Turkiyaning o‘rtamchilik va kafillik roli, shuningdek, rejaning ikkinchi bosqichida Anqaraning tobora ortib borayotgan ulkan hissasi uchun Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘anga chuqur minnatdorlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz 2023 - yilning oktabr oyidan beri Isroil armiyasining G‘azoga qarshi uyushtirgan hujumlari oqibatida falastinlik 71 ming nafardan ortiq inson halok bo‘ldi; 171 ming nafardan ortiq inson esa tan jarohati oldi. Eng yomoni, halok bo‘lganlarning ko‘pchiligi ayollar va yosh bolalardn iborat.

Sog‘liqni Saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra o‘tgan 2025 - yilning 10 - oktabrida boshlangan otashkesimga qaramay Isroil hujumlarini haligacha davom ettirmoqda. Shu doirada va xuddi shu jarayonda falastinlik yana 481 kishi o‘ldirildi va 1 ming 313 nafar inson tan jarohati oldi.

 

Boxabar bo'ling!
Erdo‘g‘an BMT Bosh Assambleyasida ishtirok etish uchun AQSHga boradi
Turkiya Isroil bilan bog'liq tarmoqqa katta zarba berdi: 175 kishi hibsga olindi
Turkiya Braziliya bilan mudofaa sanoati sohasida hamkorlik shartnomasini ratifikatsiya qildi
Antaliyada o‘tadigan 77-Xalqaro astronavtika kongressi taqdimotlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Erdo‘g‘an: Istanbul aeroportining to‘rtinchi uchish-qo‘nish yo‘lagi global aloqani kuchaytiradi
Erdog‘an: «Turkiyani dunyodagi eng keng parvoz tarmog‘iga ega mamlakatlardan biriga aylantirdik»
Erdo'g'an BMT minbaridan jahon hamjamiyatiga murojaat qiladi
Turkiya Makkaga yaqin hududda bartaraf etilgan dron hujumini qoraladi
Turkiya Harbiy-havo kuchlari safiga mahalliy HURKUSh-II samolyoti qo'shilmoqda
"Akinji" droni "Sungur" raketasi bilan yuqori tezlikdagi nishonni yo‘q qildi
Fidan: Ho‘rmuz bo‘g‘ozida urushdan oldingi holat tiklanishi lozim
Somalida Turkiyani qo‘llab-quvvatlashga bag'ishlangan ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi
Ozarbayjon Prezidenti Aliyev Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan uchrashdi
Erdo‘g‘an: «Xalqimizni xavf-xatarlardan uzoq tutdik»
Hakan Fidan rasmiy tashrif bilan Ozarbayjonda bo‘lib qaytadi
Isroil matbuoti: Prezident Erdogan Turkiyani Oʻrta Sharqda qiyin bir ishtirokchiga aylantirdi
Fidan: Turkiya - Suriya munosabatlari mustahkam tus oldi
Hakan Fidan Suriyaga rasmiy tashrif uyushtirmoqda
Turkiya Saudiya Arabistoniga qarshi uyushtirilgan hujumlarni qoraladi
Turkiya: Kipr turklari xavfsizligini har qanday sharoitda ta’minlaydi