TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Fidan: Erdoʻgʻan bilan Tramp oʻrtasidagi uchrashuvlar ijobiy tusda oʻtdi
Hakan Fidanning qayd etishicha Prezident Erdoʻgʻan Tramp bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda Falastin masalasini kun tartibiga olib chiqdi va Gʻazoda otashkesim yoʻlga qoʻyilishi uchun AQSh prezidentini oʻrtamchilik qilishga chaqirdi.
Fidan: Erdoʻgʻan bilan Tramp oʻrtasidagi uchrashuvlar ijobiy tusda oʻtdi
Hakan Fidan kecha (27.09.2025) bayonot berdi.
28 сентябр 2025

Turkiya Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan bilan AQSh Prezidenti Donald Tramp o‘rtasidagi uchrashuv ijobiy tusda o‘tganini ifoda etgan holda Erdoʻgʻan hamkasbi Trampni Anqaraga taklif qilganini bildirdi.

Hakan Fidan kecha (27.09.2025) bergan bayonotida: «Hurmatli prezidentning tashrifi do‘stona munosabatda, ijobiy tusda va konstruktiv tarzda oʻtdi. Janob prezident Trampni mamlakatimizga ham ikki tomonlama tashrif ham da kelasi yil Anqarada bo‘lib o‘tadigan NATO sammiti uchun taklif qildi. Uchrashuv davomida munosabatlarimiznig mustahkamlanishiga monelik qilgan CAATSA sanksiyalari kabi mavzularni hal qilish kerakligi ustidan kelishuvga erishildi», - dedi.

Fidan, shuningdek, mudofaa sanoatidagi potensial qadamlar ko‘rib chiqilayotganini ta’kidlagan holda: «Biz iqtisodiy va tijoriy aloqalarni muvozanatli ravishda rivojlantirish va savdo hajmini 100 milliard dollarga yetkazish uchun aniq loyihalar ustida ishlaymiz», - dedi u.

Uning qo‘shimcha qilishicha Prezident Erdo‘g‘an turk va amerikalik jamoa a’zolari bilan uchrashib, turk va amerikalik ishbilarmonlar bilan muloqot qilgan.

Falastin masalasini himoya qilish

Tashqi Ishlar vaziri Fidan Falastin va qamal ostidagi G‘azo masalasi ham kun tartbiga olib chiqilganini ifoda etar ekan, Tramp, ushbu hududda otashkesimni yo‘lga qo‘yish yoki sulh tuzish masalasiga oʻrtamchilik qilishga chaqirilganini oʻz soʻziga ilova etdi.

Tashqi Ishlar vaziri: «Gʻazoda zudlik bilan otashkesim yoʻlga qoʻyilishi kerakligi va mintaqaga insonparvarlik yordami yetkazib berish zarurligini ta’kidladik. Isroilning G‘arbiy Sohilni anneksiya qilib olishini qabul qilish imkonsiz ekani va Gʻazo aholisini o‘z vatanini tark etishga majburlash urinishlariga esa butunlay qarshi ekanimizni birgalikda ta’kidladik», - dedi.

Uning so‘zlariga ko‘ra Prezident Erdo‘g‘an Isroilning bosib olish siyosati mintaqaga qanday xavf tug‘dirishini ta’kidlab, Falastinni himoya qilishdagi Anqaraning rolini alohida qayd etgan. «Turkiya sifatida Falastin borasidagi barcha uchrashuvlarga yo yetakchilik qildik, yo uyushtirdik yoki qo‘llab - quvvatladik. Ularning hammasida ishtirok etdik va alhamdulillah, Falastin masalasini kuchli ravishda himoya qildik», - degan ifodalarga oʻrin berdi.

Prezident Erdo‘g‘an BMT Bosh assambleyasi davomida ko‘plab G‘arb davlatining Falastinni tan olishini juda muhim voqea sifatida baholaganini yodga solgan Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan: «Bu natija Islom Hamkorlik Tashkiloti va Arab davlatlari ligasi Qo‘shma aloqa guruhi sifatida olib borilgan ishlarimizning aniq natijasidir. Biz Falastin xalqi talabini har doim va har bir platformada himoya qilishda davom etamiz», - dedi.