Eronning IRNA rasmiy axborot agentligi tomonidan ma’lum qilinishicha, Pezeshkiyan poytaxt Tehronda mamlakatning avvalgi rahbari Ali Xamaneyni xotirlash marosimida nutq so‘zladi.
O‘z so‘zida mamlakat oldidagi eng ustuvor vazifa ichki birlikni saqlab qolish ekanini qayd etgan Pezeshkiyan, AQSh tomonidan joriy etilgan iqtisodiy sanksiyalarning aholi hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganiga e’tibor qaratdi.
Xalq zimmasidagi iqtisodiy bosimni kamaytirish zarurligini ta’kidlagan Eron prezidenti so‘zlari davomida: «Biz na urush, na tinchlik holatidan chiqishimiz kerak. Urush mamlakat manfaatlariga xizmat qilmaydi ammo dushman, Eron xalqi, taslim bo‘ladi degan xayolga ham bormasin» - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Pezeshkiyan mamlakatdagi siyosiy guruhlar va mas’ul amaldorlarni siyosiy tortishuvlarni bir chetga surib, xalqning muammolarini hal etishga e’tibor qaratishga chaqirdi.












