DUNYO
2 daqiqa o'qish
Isroil hujumlari yana Livanni nishonga oldi
Isroil jangovar samolyotlari Nabatiya mintaqasidagi Aytarun shaharchasiga qarashli al - Xanuk hududini havo raketalari orqali nishonga oldi.
Isroil hujumlari yana Livanni nishonga oldi
_
13 ноябр 2025

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha Isroil armiyasi amaldagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga qaramay bugun ertalab Livan janubiga havo hujumlari uyushtirdi.

Milliy Axborot agentligining ma’lum qilishicha Isroil jangovar samolyotlari Nabatiya mintaqasidagi Aytarun shaharchasiga qarashli al - Xanuk hududini havo raketalari orqali nishonga olgan.

Agentlik samolyotlari shuningdek, Tayr Falsay qishlog‘ining g‘arbiy atroflarini ham bombardimon qilgani va o‘sha joyni ikki bosqichda qayta urganini qo‘shimcha qildi.

Isroil armiyasi Livan janubida Hizbulloh tomonidan foydalanilgan qurol ombori va ikkita infratuzilma obyektiga qarshi zarba berganini iddao qildi.

Livandagi rasmiy shaxslar yoki Hizbulloh tomonidan Isroilning nomi tilga olingan iddaolari haqida hali hanuz hech qanday bayonot berilmadi.

Livanning janubida keskinlik bir necha haftadan beri avj oldi; Isroil armiyasi Livan hududlarida Hizbulloh a’zolari va ularning infratuzilmasini nishonga olgani ilgari surilgan havo hujumlarini deyarli har kuni amalga oshirmoqda.

Isroil armiyasi 2023 - yilning oktabr oyida G‘azoga qarshi boshlangan genotsid urushi ortidan o‘tgan 2024 - yilning sentabr oyida to‘liq hujumga aylangan amaliyotlari ortidan Livanda 4 ming nafardan ortiq inson umriga, 17 ming nafardan ortiq inson sog‘ligiga zomin bo‘ldi.

2024 - yilning noyabr oyidagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga muvofiq Isroil armiyasi joriy yilning yanvar oyida Janubiy Livandan chiqib ketishi kerak edi ammo lekin u to‘liq emas, qisman chiqdi; chegaradagi beshta harbiy postda esa haligacha o‘zining harbiy o‘rnini saqlab kelmoqda.