Turkiya mudofaa sanoati mahalliy va milliy texnologiyalari bilan global maydondagi kuchini kundan - kunga oshirib bormoqda. Ushbu jadal yuksalish xalqaro nufuzli tashkilotlar tomonidan ham diqqat bilan kuzatilmoqda.
Amerika Qo‘shma Shtatlarida (AQSh) joylashgan nufuzli harbiy nashriyot tashkiloti Defense News tomonidan har yili tuziladigan dunyoning eng yirik 100 ta mudofaa kompaniyasi reytingi — «Defense News Top 100» ro‘yxati e’lon qilindi.
ASELSAN 40 - o‘rin, TUSAŞ 48 - o‘rin
Turkiyadan 5 ta mudofaa kompaniyasi dunyoning eng yirik kompaniyalari qatoridan joy oldi.
ASELSAN elektron urush, aloqa va radar tizimlaridagi salohiyati bilan o‘z yuksalishini davom ettirdi.
O‘tgan yilga nisbatan 3 pog‘ona yuqorilagan kompaniya 40 - o‘rinni egallab, Turkiyaning ro‘yxatdagi eng yuqori o‘rindagi vakiliga aylandi. TUSAŞ esa reytingda 48 - o‘rindan joy oldi.
Ishlab chiqarish quvvati va jadal o‘sishi bilan e’tibor qozongan ARCA Savunma 53 - o‘rindan ro‘yxatga kirib, dunyoning yirik mudofaa kompaniyalari safiga qo‘shildi.
Raketa, reaktiv snaryad va o‘q - dorilar texnologiyalarida muhim loyihalarni amalga oshirayotgan ROKETSAN 64 - o‘ringa ko‘tarildi.
Mashina va kimyo Sanoati (MKE) esa og‘ir qurol - yarog‘ va o‘q - dorilar ishlab chiqarishdagi salohiyati bilan 81 - o‘rinni egalladi.
Ro‘yxatdagi 5 ta turkiyalik kompaniyaning umumiy mudofaa daromadi 14,9 milliard dollarga yetdi.
Reytingning yuqori pog‘onasida esa o‘tgan yilgidek Lockheed Martin joy oldi.























