Rossiya Mudofaa vazirligi e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra Ukraina 2026 - yil boshidan beri har kuni Moskvani insonsiz havo transportlari orqali nishonga olmoqda. Bu holat Rossiya poytaxtiga qarshi avvalgi, nisbatan siyrak bo‘lgan hujumlarga solishtirganda keskinlik kuchayganidan dalolat bermoqda.
Vazirlik mavzu haqida Telegram orqali bergan bayonotida yakshanba kuni yarim tunga qadar Moskva viloyati uzra 57 ta, butun Rossiya bo‘ylab esa jami 437 ta insonsiz havo transportlari urib tushirilganini ma’lum qildi.
Ilgari Moskvaga qarshi vaqti - vaqti bilan, odatda ramziy sanalar atrofida uyushtirilgan hujumlar bugunig kunga kelib har kuni qayd etilgani aytilmoqda.
Ukraina tomoni bunday hujumlar harbiy logistika va energetika infratuzilmasini izdan chiqarish, Moskvaning urush olib borish xarajatlarini oshirish hamda qariyb to‘rt yil avval boshlangan urush doirasida Rossiyaning takroriy raketa va insonsiz havo transportlari zarbalariga javob berishni ko‘zlashini bildirmoqda.
Moskva meri Sergey Sobyanin Yangi yil kechasidan buyon ko‘plab hujumlarga qarshi choralar ko‘rilganini ma’lum qildi biroq batafsil ma’lumot bermadi.
RIA davlat axborot agentligi hisob - kitoblariga ko‘ra, so‘nggi bir hafta ichida Rossiya havo mudofaasi Rossiya hududi va Qrim yarimoroli ustida kamida 1 ming 548 ta Ukraina insonsiz havo transportiga monelik bilib, yo‘q qilgan.
Ukraina: Rossiya hujumi Kiyevda bir tinch aholining o‘limiga sabab bo‘ldi
Shu bilan birga, Ukraina armiyasi Kiyevga qarshi uyushtirilgan Rossiya hujumida tinch aholidan kamida bir kishi halok bo‘lganini xabar qildi.
Kiyev harbiy ma’muriyati rahbari Timur Tkachenko mavzu haqida Telegram orqali bergan bayonotida: “Hozirga qadar hujum oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Hujum davom etmoqda”, - dedi.
Tkachenkoning so‘zlariga ko‘ra Kiyev markazining shimolida joylashgan Obolonskiy tumanida hujumda ziyon ko‘rgan binodan insonlar evakuatsiya qilingan.
Shahar meri Vitali Klichko poytaxtda havo mudofaa bo‘linmalari faoliyat olib borayotganini bildirib, aholini boshpanalarda qolishga chaqirdi.








