Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an «yuksalib borayotgan yulduz» deb ta’riflagan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) bilan hamkorlikni barcha sohalarda rivojlantirish uchun harakat qilishlarini ta’kidlab:
«3,5 milliard inson va 35 trillion dollarlik yalpi ichki mahsulotni ifodalovchi Shanxay Hamkorlik Tashkiloti ko‘p qutbli dunyo tartibining ajralmas unsurlaridan biridir», — dedi.
Prezident Erdo‘g‘an Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda bo‘lib o‘tgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Davlat rahbarlari sammitida nutq so‘zladi.
«Turkiya sifatida atrofimizda yuz berayotgan mojarolarni diplomatik yo‘l bilan hal etish uchun mas’uliyatni o‘z zimmamizga olyapmiz, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lida ishlarni davom ettiryapmiz», — degan Erdo‘g‘an nutqida Isroilning tajovuzkor siyosatiga ham to‘xtalib:
«Isroil hujumlari tufayli 74 ming nafar inson halok bo‘lgan G‘azo va Livanni unutmasligimiz kerak. Bu tajovuzkor siyosatning oqibatlarini butun mintaqamiz boshdan kechirmoqda», — dedi.
Erdo‘g‘an Turkiya iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlariga qarshi kurashda o‘z hissasini qo‘shishni maqsad qilganini ta’kidlab, 11 – 12 - noyabr kunlari Antaliyada COP31 sammiti o‘tkazilishini yodga soldi va Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Davlat rahbarlari sammiti ishtirokchilarini ushbu tadbirga taklif qildi.























