TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Fidan: Turkiya Ukraina masalasini hal etish yo‘lida yordam berishni davom etadi
Hakan Fidan bilan Sergey Lavrov Moskvada uchrashdi va ular hay’atlararo uchrashuv oldidan jurnalistlarga bayonot berdi.
Fidan: Turkiya Ukraina masalasini hal etish yo‘lida yordam berishni davom etadi
Tashqi ishlar vaziri Fidan Rossiyada

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan bilan Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov Moskvada uchrashdi. Fidan bilan Lavrov, hay’atlararo uchrashuv oldidan jurnalistlarga bayonot berdi.

Hakan Fidan unda Turkiya bilan Rossiya ortasidagi munosabatlar ikki davlat rahbarlari tomonidan ilgari surilgan faoliyatlar asosida amalga oshirilayotgan sa’y - harakatlar natijasida tobora institutsional tus olayotgani va ijobiy rivojlanayotganini ta’kidladi. Uning aytishicha tomonlar Kavkaz, Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo va Afrika boshchiligida koplab mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashadi.

Fidan mavzu haqida: «Bugungacha bolgani kabi bundan keyin ham Turkiya Ukraina masalasini hal etish yolida har tomonlama yordam berishda davom etadi. Turkiya har qanday o‘rtamchilik tashabbusiga hissa qoshadi va ozi bajara oladigan o‘rtamchilik rolini bajarishda davom etadi. Chunki davom etayotgan urush mintaqamizdagi beqarorlikni yana - da kuchaytirmoqda. Bu mojaro imkon qadar tezroq yakunlanishi kerak», — dedi.

Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov esa Hakan Fidan boshchiligidagi delegatsiyani Moskvada qabul qilayotganidan mamnun ekanini bildirdi. Lavrovning ta’kidlashicha, ikki davlat nafaqat ikki tomonlama munosabatlar, balki mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar boyicha ham muntazam ravishda fikr almashib kelmoqda.

Lavrov bu haqida: «Kun tartibimizda nafaqat ikki tomonlama munosabatlar, balki mintaqaviy va xalqaro masalalar ham muhim o‘rin tutadi. Biz Yaqin Sharq, Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyoga oid masalalarni muntazam muhokama qilib kelmoqdamiz. Ukrainadagi vaziyat boyicha adolatli, mustahkam va barqaror yechim topilishiga qaratilgan turk dostlarimizning sa’y - harakatlarini yuqori baholaymiz», — dedi.