DUNYO
1 daqiqa o'qish
Moskvadagi portlashda rus generali halok bo‘ldi
Moskvadagi portlashda rus general - leytenant Fanil Sarvarov olgan jarohatlari tufayli halok bo‘ldi.
Moskvadagi portlashda rus generali halok bo‘ldi
_
22 декабр 2025

Mamlakat Tergov qo‘mitasiga ko‘ra bugun (22.12.2025) ertalab Moskvaning janubida avtomobil ostiga oldindan joylashtirib qo‘yilgan portlovchi moslamaning portlashi oqibatida rossiyalik bir general halok bo‘ldi.

Qo‘mita tomonidan Telegram orqali mavzu haqida berilgan bayonotida, Rossiya Bosh shtabi Operatsion tayyorgarlik boshqarmasi rahbari general - leytenant Fanil Sarvarov portlash natijasida olgan jarohatlari tufayli vafot etgani ma’lum qilindi.

Bayonotda shunday deyiladi: «Tergovchilarga ko‘ra 22 - dekabr tongida Moskvaning Yasenevaya ko‘chasida bir avtomobil ostiga o‘rnatilgan portlovchi moslama portlatilgan».

Shuningdek, Moskvada jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va tergov ishlari davom etayotgani qayd etildi.

«Tergochilar qotillikka oid bir nechta versiyalarni ko‘rib chiqmoqda. Ulardan biri jinoyat Ukrainaga tegishli razvedka xizmatlari tomonidan uyushtirilgan bo‘lishi mumkin», - degan so‘zlar bilan qo‘shimcha qilindi.

Ukraina rasmiylari mazkur masala ustidan hali hanuz hech qanday bayonot bermadi.