Hujjatli kino rivojiga hissa qo‘shish va turli mamlakatlarning sifatli filmlarini xalqaro tomoshabinlarga taqdim etish maqsadida tashkil etilayotgan 18-TRT xalqaro hujjatli film mukofotlari uchun arizalar qabuli boshlandi.
TRT bayonotiga ko‘ra, havaskor va professional ijodkorlarni rag‘batlantirishga qaratilgan tanlovga arizalarni 2027-yil 19-martgacha «www.trtbelgesel.com» sayti orqali topshirish mumkin.
Tanlovda ishtirok etish shartlariga javob beradigan hujjatli filmlar bilan bir qatorda, hali ishlab chiqarish bosqichiga o‘tmagan, g‘oya va hikoya bosqichidagi loyihalar ham qatnashishi mumkin. Ishtirok etish bepul bo‘lgan tanlovda ishlar xalqaro, milliy professional, milliy talabalar filmlari va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash kabi to‘rtta yo‘nalishda baholanadi.
Tanlov doirasida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha jami 12 ta mukofot o‘z egalariga topshiriladi.
Ishtirok etish shartlari, baholash jarayoni va mukofotlar haqidagi batafsil ma’lumotlarni























