TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Turkiya va Qatar mudofaa vazirlari Yaqin Sharq mintaqasi xavfsizligini muhokama qildi
AQSH-Isroilning Eronga hujumlari va Eronning javob qaytarishi natijasida mintaqaviy keskinlik ortib borayotgan bir paytda, Turkiya va Qatar mudofaa vazirlari telefon orqali muloqot o‘tkazdilar.
Turkiya va Qatar mudofaa vazirlari Yaqin Sharq mintaqasi xavfsizligini muhokama qildi
Tomonlar ikki tomonlama va mintaqaviy mudofaa va xavfsizlik masalalari boʻyicha fikr almashdilar. / TRTWorld
2 соат олдин

AQSH va Isroilning Eronga qarshi hujumlari hamda Eronning Ko‘rfaz davlatlari va Hurmuz bo‘g‘oziga ta’sir ko‘rsatayotgan javob harakatlari davom etar ekan, Turkiya va Qatar mudofaa vazirlari telefon orqali muloqotda o‘zaro va mintaqaviy xavfsizlik masalalarini ko‘rib chiqdilar.

Turkiya Milliy mudofaa vaziri Yashar Guler, Qatar Bosh vaziri o‘rinbosari va mudofaa vaziri Shayx Saud bin Abdurrahmon bin Hasan bin Ali Ol Soniy bilan telefon orqali gaplashdi.

Turkiya Milliy mudofaa vazirligining seshanba kuni bergan bayonotida: "Muloqot chog‘ida o‘zaro va mintaqaviy mudofaa hamda xavfsizlik masalalari bo‘yicha fikr almashildi", — deb ta’kidlandi.

Ushbu suhbat AQSH va Isroilning Eronga qarshi amalga oshirayotgan qo‘shma hujumlari sababli mintaqaviy keskinlik kuchaygan bir paytda yuz berdi. Isroil va AQSH 28-fevralda Eronga qarshi keng ko‘lamli hujumlarni boshlagan edi. Mazkur hujumlar oqibatida shu vaqtgacha, oliy rahbar Ali Xomanaiy bilan birga, 1300 ga yaqin kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Eron bunga javoban Isroil, Iordaniya, Iroq va AQSH harbiy kuchlari joylashgan turli Ko‘rfaz mamlakatlarini nishonga olgan holda uchuvchisiz uchish qurilmalari va raketalar bilan hujumlar uyushtirdi.

Shuningdek, Eron 1-mart kunlari Hurmuz bo‘g‘ozini amalda yopib qo‘ydi. Strategik ahamiyatga ega ushbu suv yo‘li orqali odatda kuniga qariyb 20 million barrel neft yetkazib beriladi va u jahon suyultirilgan tabiiy gaz savdosining taxminan 20 foizini tashkil etadi.