DUNYO
2 daqiqa o'qish
Rossiya - Ukraina o‘rtasidagi otashkesim kuchga kirdi
Rossiya - Ukraina o‘rtasida Pasxa bayrami munosabati bilan joriy etilgan 32 soatlik otashkesim kuchga kirdi.
Rossiya - Ukraina o‘rtasidagi otashkesim kuchga kirdi
_
12 соат олдин

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina bilan 32 soatlik sulh Turkiya vaqti bilan soat 16:00 dan boshlab kuchga kirganini ma’lum qildi.

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Ukraina bilan Pasxa munosabati bilan sulh e’lon qilib, u o‘z kuchini 11 - apreldan 12 - aprel kuni oxirigacha yo‘qotmasligini bildirdi.

Putin, agar Ukraina har qanday provokatsiya sodir etgudek bo‘lsa unda Moskva munosib javob qaytarishi ustidan ogohlantirdi.

Sulh shanba kuni (11.04.2026) kuchga kirishidan bir necha soat oldin Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy, Kiyev ushbu tashabbusga qo‘shilishini va xuddi shunday yo‘l tutishini bildirdi.

Zelenskiy Telegram orqali mavzu haqida bergan bayonotida: “Ukraina sukut rejimiga rioya qiladi ammo Rossiya tomonidan havo, quruqlik yoki dengiz orqali hujum uyushtirilgudek bo‘lsa unda biz ham munosib javob qaytaramiz”, - dedi.

Zelenskiy Ukraina armiyasi frontda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday vaziyatga tayyor ekanini ta’kidlar ekan o‘z so‘zida shuningdek:

“Ukraina Rossiyaga bir necha bor turli sulh formatlarini taklif qilgan va Pasxa, tinchlik hamda xavfsizlik davri bo‘lishi kerak degan fikrdamiz. Pasxa uchun e’lon qilinadigan sulh tinchlik sari haqiqiy taraqqiyotning boshlanishi bo‘lishi mumkin; biz bu boradagi taklifimizni ilgari surdik”, - degan ifodalarga orin berdi.

Zelenskiy, shuningdek, sulh davrida Ukraina qo‘shinlari qanday harakat qilishini mamlakat harbiy rahbariyati bilan muhokama qilganini qayd etdi.

Ukraina Prezidenti so‘zlari yakunida: “Harakatlarimiz o‘zaro javob tamoyiliga asoslanadi va sulhni Pasxadan keyin ham uzaytirish mumkinligi haqida Rossiya tomoniga xabar berildi”, - deya gapirdi.