TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Turkiya G‘azoga 900 tonna gumanitar yordam yubordi
Gumanitar yordamlar o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi ortidan davom etayotgan gumanitar tashabbuslarning bir qismi hisoblanadi.
Turkiya G‘azoga 900 tonna gumanitar yordam yubordi
Türkiye’s 17th “Goodness Ship,” carrying aid for Gaza, departs from Mersin International Port for Egypt’s Al Arish Port on October 14, 2025.
14 октябр 2025

Turkiya tomonidan yuborilgan o’n yettinchi “Yaxshilik kemasi” seshanba kuni mamlakat janubidagi Mersin xalqaro portidan Misrning Al-Arish portiga yo‘l oldi. Kema G‘azo aholisi uchun zarur ehtiyojlarni qondirish maqsadida taxminan 900 tonna gumanitar yordamni o’z ichiga oladi.

Yordam yuklari Turkiya Favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar boshqarmasi (AFAD) koordinatsiyasi ostida va Misr Qizil Yarim Oy tashkiloti hamkorligida tashkillashtirilgan bo‘lib, 17 ta nohukumat tashkilotning hissasi bilan ta’minlandi.

Gumanitar yordam yuklari Misrning Al-Arish porti orqali G‘azoga eng yaqin joylashgan Karem Abu-Salem chegara punkti orqali yetkaziladi.

G‘azo aholisi uchun tayyorlangan yordam paketlari ichida tayyor ovqatlar, konservalar, chaqaloqlar uchun sut aralashmalari va bolalar gigiyenasiga oid buyumlar mavjud.

Mersin portida o‘tkazilgan kuzatish marosimida Turkiya Ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya quyidagicha bayonot berdi:

“Bugun biz yana bir marta ‘Yaxshilik kemasi G‘azoga yo‘l oldi’ deymiz. O‘rta Yer dengizida suzayotgan bu kema 900 tonna oziq-ovqat, konservalar va chaqaloqlar uchun sut aralashmalari bilan to‘la holda G‘azoga yo‘lga chiqmoqda,” — dedi Yerlikaya.

2023-yil 7-oktabrda Isroilning G‘azoga qarshi genotsid darajasidagi hujumlari boshlanganidan buyon, Turkiya AFAD koordinatsiyasi ostida 16 ta kema va 14 ta samolyot orqali G‘azoga gumanitar yordam yetkazdi.

O‘tgan hafta AQSh Prezidenti Donald Trampning urushni doimiy ravishda tugatish rejasiga binoan sulhga erishildi. Mazkur urush 67 mingdan ortiq falastinlikning hayotiga zomin bo‘ldi va G‘azo hududining katta qismini vayronaga aylantirdi.

 

Boxabar bo'ling!
Dunyo Gruziyadagi harbiy samolyot halokatidan so‘ng Turkiyaga ta’ziya bildirdi
Erdo‘g‘an va Kobaxidze Gruziyadagi samolyot halokati yuzasidan hamkorlikni muhokama qildi
Gruziyada qulagan turk harbiy samolyotida 20 askar shahid bo‘ldi
Turkiya harbiy samolyoti Gruziya–Ozarbayjon chegarasida halokatga uchradi
Turk olimi jamoasi yashashga yaroqli yangi sayyoralarni topdi
Erdo‘g‘an Ataturkni yod etishga bag‘ishlangan marosimga yetakchilik qildi
Turkiya, Ataturkning Salonikdagi uyini qayta ochib, asoschisining merosini sharafladi
Turkiya o‘z asoschisi Ataturkni vafotining 87-yilligida yodga oldi
Istanbulda «Gʻazoning kelajagi» xalqaro sammiti boʻlib oʻtadi
Turk hay’ati vaqti – vaqti bilan toʻxtab qolgan muzokaralar uchun Afgʻonistonga boradi
Hakan Fidan ertaga AQShga tashrif uyushtiradi
Erdoʻgʻan: AQSh F - 35 masalasi ustidan oʻz majburiyatlarini bajaradi degan umiddaman
Turkiya kiber josuslik reydlarida ikki gumonlanuvchini qo‘lga oldi
Prezident Erdo‘g‘an Ozarbayjonning Qorabog‘dagi g‘alabasi Kavkazda tinchlik uchun muhim rol o‘ynaydi
Turkiya G‘azodagi genotsid sababli Netanyahu va 36 shaxsga nisbatan hibs buyrug‘i chiqardi
Prezident Erdo‘g‘an va Liviya Bosh vaziri Dibeyba ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qildilar
TRT World Digital 2025-yilgi Lovie mukofotlarida katta yutuqqa erishdi
THY Ispaniyaning Air Europa aviakompaniyasining 355 million dollarlik ulushini sotib oldi
Turkiya G‘azodagi otashkesimning davom etishi tarafdori
Ibrahim Kalin Istanbulda Hamas hay’atini qabul qildi